Özbekistonda Google Pay xizmati işga tuşdi
Google Cloud platformasining Davlat siyosati va davlat taşkilotlari bilan aloqalar yönalişi böyiça rahbari Marsin Krasuski Özbekistonda Google Pay xizmati işga tuşirilganini eʼlon qildi.
Bu haqda u Samarqand şahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQŞ örtasidagi “C5+1” formatidagi tadbirlar doirasida maʼlum qildi.
Google Pay (yoki qisqaça G Pay) - bu Google kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan, smartfon, planşet yoki smart-soat orqali xaridni amalga oşirişga möljallangan raqamli hamyon va elektron tölov tizimi.
Uşbu tizim foydalanuvçilarga öz bank kartasini telefonga ulab, internetda, şuningdek, dökonlarda kontaktsiz tölov qiliş imkonini beradi.
Özbekiston aholisi 39,5 milliondan oşdi
2026-yil 1-oktabr holatiga Özbekistonning doimiy aholisi 39 million 535 ming 225 kişini taşkil etdi. Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 692,2 ming kişiga yoki 1,8 foizga köp.
Aholi soni böyiça Samarqand viloyati yetakçilik qilmoqda - hududda 4 million 462 ming 783 kişi istiqomat qiladi. Ikkinçi örinda 4 million 293 ming 1 kişi bilan Farğona viloyati, uçinçi örinda esa 3 million 799 ming 43 kişi bilan Toşkent viloyati turibdi.
Samarqand va Farğona aholisi tört milliondan oşgan ikki viloyat bölib turibdi. Sirdaryo esa doimiy aholisi bir millionga yetmagan yagona hududdir.
Toşkentda kuryerga qöpollik qilgan şaxs qamaldi
Toşkentning Mirobod tumanida B.P. restorani vakilining kuryerga qöpol muomala qilgani aks etgan video tarqalişi ortidan ikki yönalişda çora körildi: u 5 sutka maʼmuriy qamoqqa hukm qilindi, piyodalar yölagi esa «qonunçilik talablariga muvofiq holga keltirildi».
Toşkent şahri IIBB maʼlumotiga köra, hodisa 17-oktabr kuni sodir bölgan. Kuryer skuterda piyodalar yölagi orqali harakatlanganda, restoran vakili uni töxtatib, haqorat va uriş bilan tahdid qilgan.
Mirobod tumani IIO FMB hodisa ortidan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) böyiça bayonnoma rasmiylaştirib, töplangan hujjatlarni jinoyat işlari böyiça tuman sudiga yuborgan. Sud restoran vakiliga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlagan. Şuningdek, u kuryerdan uzr sörab, qilgan işidan puşaymonligini bildirgan.
Şu bilan birga, şahar hokimligi xabariga köra, restoran oldidagi piyodalar yölagida erkin harakatlanişga oid qoidabuzarliklar aniqlangan va piyodalar yölagi «qonunçilik talablariga muvofiq holga keltirilgan».
Qibraydagi ikki konteynerdan 7 kg naşa va pnevmatik qurol topildi
Toşkent viloyati Qibray tumanida qişloq xöjaligi maqsadlarida foydalaniş uçun ijaraga berilgan yer maydoni çetidagi ikki konteynerdan 7 kilogramm naşa, pnevmatik qurol va uç dona patron topildi.
Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi hamda poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan.
Xabarga köra, yer maydoni Qibray tumanida yaşovçi, 1986-yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan fuqaroga uzoq muddatli ijaraga berilgan. Uning çetida joylaşgan ikkita konteyner xolislar iştirokida közdan keçirilgan.
Tekşiruvda quruq holda saqlanayotgan jami 7 kilogramm marixuana, IJ-38 rusumli pnevmatik qurol hamda xabarda 12 millimetr kalibrli deb körsatilgan uç dona patron aşyoviy dalil sifatida olingan.
Toşkentda havoning ifloslaniş darajasi meyordan 11 baravardan oşdi
Toşkent şahrida 19-oktabr kuni havoning sifat körsatkiçi «qizil» (zararli) darajaga yetdi. Ertalab soat 9:00 holatiga köra, poytaxtdagi monitoring stansiyasi 153 AQI natijasini qayd etgan, bu esa Toşkentni dunyoning havosi eng iflos yirik şaharlari reytingida 13-öringa olib çiqdi.
Şuningdek, Samarqandda ham havo sifati sezilarli darajada yomonlaşib, AQI körsatkiçi 105 ga çiqdi. Bu nafas oliş bilan boğliq xastaligi bor şaxslar, bolalar va keksalar salomatligi uçun zararli hisoblanadi.
Havoda PM2.5-mayda dispersion zarraçalari konsentratsiyasi Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) tomonidan tavsiya etilgan yillik meyordan 11,6 baravar yuqori ekani körsatilgan.











