Chexiyaning shimoli-sharqidagi Zlate-Gori shahri yaqinida yirik kon aniqlandi. Davlatga qarashli DIAMO korxonasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, konda qariyb 11 tonna oltin zaxiralari bor.
Kon hududidagi rudalarda oltindan tashqari mis va rux ham mavjud. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, yiliga 200 ming tonna rudani qayta ishlash orqali 265 tonna mis va 1556 tonna rux ajratib olish mumkin. Hozirda kon tarkibida galliy bor-yoʻqligi ham tekshirilmoqda.
Loyihaga koʻra, kon 10 yil davomida ishlashi rejalashtirilgan. Biroq loyihaning umumiy muddati 15 yilni tashkil etadi: uch yil tayyorgarlik ishlariga, 10 yil qazib olishga, yana ikki yil esa konni yopish va yerlarni qayta tiklashga ajratiladi. Qoʻshimcha geologik qidiruv ishlari natijasida yangi zaxiralar aniqlansa, konning ishlash muddati uzaytirilishi mumkin.
Bundan tashqari, loyiha doirasida hududni rivojlantirish uchun qoʻshimcha investitsiyalar jalb etish ham koʻzda tutilgan. Biroq ularning miqdori va yoʻnalishlari hozircha belgilanmagan. Shunga qaramay, konni ishga tushirish haqida hozircha yakuniy qaror yoʻq. Buning uchun batafsil tadqiqotlar va qoʻshimcha geologik qidiruv ishlari oʻtkazilishi, shuningdek, konchilik faoliyatining atrof-muhitga taʼsiri baholanishi kerak. Xususan, mutaxassislar suv manbalariga ehtimoliy taʼsir, shovqin va chang darajasi, yoʻllarga tushadigan yuklama hamda portlatish ishlarining xavfsizligini oʻrganishi kerak boʻladi.
Chexiyada 11 tonna oltin zaxirasiga ega kon aniqlandi
18:50 / 21.10.20269512 min
Chexiyaning shimoli-sharqidagi Zlate-Gori shahri yaqinida qariyb 11 tonna oltin zaxiralariga ega kon topildi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, konni oʻzlashtirish muddati 15 yilni tashkil etadi: uch yil tayyorgarlik ishlariga, 10 yil qazib olishga, yana ikki yil esa hududni yopish va yerlarni qayta tiklashga ajratiladi.













