Morgan neftni qayta işlaş zavodida işlaydi, böş vaqtida esa baliq ovlaş bilan şuğullanadi. Uning droni dengiz yuzasiga kötarilib, ozuqa tutayotgan finvalni yaqindan kuzatiş imkonini bergan.

Finvallar oziqlaniş paytida tomoğidagi çöziluvçan teri burmalaridan foydalanadi. Bu ularga mayda qisqiçbaqasimonlar - kril bilan birga ulkan hajmdagi suvni oğziga oliş imkonini beradi. Bir marta oğiz oçişda bu hajm taxminan 68 ming litrga yetişi mumkin.

Uşbu kitlarning uzunligi 23,8 metrdan oşişi, vazni esa 70 tonnaga yetişi mumkin. Şu bois hatto dengiz yuzasidagi qisqa harakat ham dron kadrlarida hayvonning ulkanligini namoyon qiladi.

Bangor universitetida yirik dengiz yirtqiçlari ekologiyasidan dars beruvçi doktor Marianna Kimyenti finvalning suv yuzasiga çiqib oziqlanişi odatiy holat ekanini tuşuntirgan.

«Finval uçun suv yuzasiga kötarilib, öşa yerda oziqlaniş mutlaqo tabiiy - bu uning ozuqa topiş strategiyasining bir qismi. Ammo uni qirğoqqa yaqin suvlarda köriş çindan ham hayratlanarli», - degan tadqiqotçi.

Uning aytişiça, nazariy jihatdan bu vaqtga kelib kitlar boşqa hududlarga köçib ketgan bölişi kerak edi. Biroq finvallarning migratsiyasi va hayot tarziga oid köplab jihatlar hali yetarliça örganilmagan. Ular salqinroq suvlarni afzal körişi taxmin qilinadi.