Amerika huquq-tartibot idoralari AQŞ prezidentligiga sobiq nomzod kiçik Robert Kennediga nisbatan tergov boşladi: siyosatçi 30 yil avval ölik kitning boşini arra bilan uzib olib, uyiga olib ketganlikda gumonlanmoqda, deb yozadi Associated Press AQŞ dengiz baliqçiligi milliy xizmati bayonotiga tayanib.
2012 yilda siyosatçining qizi Ketlin Kennedi Town and Country jurnaliga bergan intervyusida, 1994 yilda otasi uni Atlantika okeanidagi Hayannis portiga olib borgani va u yerda qirğoqqa çiqib qolgan kitni körişgani haqida aytib bergan.
Öşa paytda jonivor allaqaçon nobud bölgandi. Kiçik Kennedi “motorli arrani olib, kitning boşini kesib oldi va uni oilaviy mini furgonning tomiga ortdi”, söngra Nyu-York ştati, Maunt Kisko şahridagi uyiga tomon beş soat yöl bosdi, deydi qiz öz hikoyasida.
“Har safar katta yölda tezlikni oşirganimizda, avtomobil oynasiga kit jasadining suvi saçrardi, bu dunyodagi eng jirkanç narsa edi. Hammamiz boşimizga faqat oğiz qismi teşik polietilen paketlar kiyib olgandik, avtomagistraldagi odamlar bizga örta barmoqlarini körsatişardi, lekin biz uçun bu odatiy hol edi”, — deb esladi Ketlin.
14 sentabr kuni Kiçik Kennedi Arizona ştatida Respublikaçilar partiyasidan AQŞ prezidentligiga nomzod Donald Tramp tarafdorlari mitingida uni 30 yil oldingi kit voqeasi uçun javobgarlikka tortişmoqçi ekanligini aytdi.
U qonunni buzganini tasdiqlamadi ham, inkor ham etmadi, ammo bu tergov uning Trampni qöllab-quvvatlaşiga aloqadorligini ta’kidladi. Kiçik Kennedi, şuningdek, uşbu holat böyiça ayb qöyiş muddati allaqaçon ötib ketganini aytdi.
AQŞda qonun bilan himoyalangan hayvonlarning, xoh tirik bölsin, xoh ölik, har qanday qismiga egalik qiliş noqonuniy hisoblanadi.
Kiçik Kennedi AQŞ prezidentligiga mustaqil nomzod sifatida da’vogarlik qilayotgandi. Avgust oyining oxirida u öz saylovoldi kampaniyasini töxtatib, Trampni qöllab-quvvatladi. AQŞda prezident saylovi 5 noyabr kuni ötkaziladi.












