Norvegiya politsiyasi tomonidan ötkazilgan ekspertizadan olingan dastlabki xulosalarga köra, yaqinda Norvegiya qirğoqlarida ölik holda topilgan Xvaldimir laqabli maşhur 4 metrli beluga kiti ilgari öylangandek öldirilmagan. Bu haqdagi ma’lumotni 9 sentabr, duşanba kuni Norvegiya politsiyasiga tayanib mahalliy NRK telekompaniyasi e’lon qildi.
«Yorib köriş uning oşqozoni böş ekanligini körsatdi. Bundan taşqari, aksariyat organlar işlamay qolgan. Tekşiruvlarda aynan Xvaldimirning ölimiga bevosita inson faoliyati sabab bölganligini aniqlaydigan heç narsa topilmadi», - dedi Syor-Vest okrugi politsiyasining Şimoliy dengiz bölimi rahbari Amund Pride Revxeym. Uning aniqlik kiritişiça, Xvaldimir oğzidan uzunligi 35 santimetr va kengligi taxminan 3 santimetr bölgan tayoq topilgan. «Yakuniy otopsiya hisoboti mavjud bölganda, barça alomatlar işning töxtatilişini körsatadi», deya qöşimça qildi Revxeym.
NRK ta’kidlaşiça, yorib körişni Sandnesdagi Norvegiya veterinariya instituti amalga oşirgan. Aytilişiça, kitning tanasida otişma sabab bölmagan «yuzaki» jarohatlar bor. Uşbu faktdan kelib çiqqan holda, politsiya işni faol ravişda tergov qilmoqçi emas. Veterinariya instituti ölim haqidagi yakuniy hisobot ikki hafta içida tayyor bölişini e’lon qildi.
Hayvonlarni himoya qiliş taşkiloti: Rossiya «josus»-kiti otib öldirilgan
Bir neça yil avval Rossiya foydasiga josuslikda gumon qilingan Norvegiyadagi maşhur Xvaldimir laqabli beluga kitining jasadida öq jarohatlari topildi. Bu haqda 4 sentabr kuni OneWhale hayvonlarni himoya qiliş taşkiloti ma’lum qildi. «Men oxirgi beş yil davomida Xvaldimir bilan birgaman va uni juda yaxşi bilaman. Uning jasadini körganimda, öqdan öldirilganini darhol angladim. Hatto uning tanasiga öq tiqilib qolganini ham kördim», - deydi OneWhale asosçisi Regina Xaug. U bu hayvon uçun «adolat izlaşini» qöşimça qildi.
OneWhale va NOAH Norvegiya politsiyasiga şikoyat qilib, tergov boşlanişini talab qilişdi. Bayonotda aytilişiça, öq jarohatlari borligi veterinar, biolog va ballistika mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan.
Xvaldimir Rossiya bilan qanday boğliq edi?
Xvaldimir (norvejça «xval» sözidan kit degan ma’noni anglatadi va Rossiya prezidentining ismi «Vladimir») 2019 yilning bahorida, Norvegiya qirğoqlarida birinçi marta payqaldi. Beluga tanasida ingliz tilida «Inventar St.-Peterburg» yozuvi bölgan maxsus ip bor edi. Şu munosabat bilan, kit harbiy maqsadlarda foydalaniş uçun Rossiya harbiy-dengiz flotida örgatilgan, ammo keyin volerdan qoçib ketgan degan taxminlar paydo böldi.













