Britaniyaning UK Antarctic Heritage Trust jamğarmasi Antarktidaning Goudier orolida joylaşgan Port-Lokroy tadqiqot stansiyasida işlaş uçun yangi xodimlar qidiryapti. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Tanlab olingan xodimlarning asosiy vazifalari quyidagilar: dunyoning eng janubiy poçta bölimida xizmat körsatiş (yiliga 80 mingga yaqin xat va otkritkalarni saralaş), pingvinlar koloniyasini sanaş va biologik kuzatuv olib boriş hamda mahalliy muzey va suvenirlar dökoni faoliyatini yuritiş. Iş 5 oyga (noyabr-mart) möljallangan. Oylik maoş - 1449 funtdan 2096 funtgaça yoki 23 mln sömdan 33,3 mln sömgaça.

Xodimlar jismoniy jihatdan baquvvat böliş talab etiladi. Ular 20 litrli suv idişlarini taşişi, oğirligi 15 kilogaça bölgan qutilarni kötarişi, qorni tozalaşi va sirpançiq qoyalar yonidagi qayiqlardan yuklarni tuşirişi kerak. Potensial nomzod Buyuk Britaniyada istiqomat qilişi va u yerda rasmiy işlaş huquqini beruvçi ruxsatnomaga ega bölişi şart. Saralaşda yoşdan oşganlar qatnaşa oladi.

Stansiyada oqayotgan suv yöq. Yuviniş haftasiga bir marta keladigan kemalarda amalga oşiriladi. Ob-havo yomon bölsa, duşsiz 2 haftagaça qolib ketiş mumkin. Aloqa çeklangan sunʼiy yöldoş tarmoği orqali amalga oşiriladi.

Xodimlar umumiy yotoq joyiga ega kazarmada yaşaşadi. Içkarida harorat 14-15 daraja, taşqarida esa -5 dan +5 darajagaça böladi. Turar joy, oziq-ovqat va maxsus qişki issiq kiyim-boş iş beruvçi tomonidan beriladi.