Özbekistonda 2025-yilda 267,1 mingta nikoh qayd etilgan. Bu 2018-yildagi 311,4 minglik eng yuqori körsatkiçdan 44,3 mingta kam. Nikohlar soni 2021-yildan keyin har yili pasayib borgan: 2022-yilda 296,7 mingta, 2023-yilda 283,8 mingta, 2024-yilda 271,8 mingta nikoh qayd etilgan. 2025-yilda esa bu körsatkiç 267,1 mingtaga tuşgan. Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, bu sönggi yillardagi barqaror pasayiş tendensiyasining davomidir.
Biroq nikohlar soni kamaygani yoşlar oila qurişni istamay qöyganini yoki ularning barçasi turmuş qurişni keçiktirayotganini anglatmaydi. Buning sabablarini tuşuniş uçun nikoh statistikasi bilan birga, odamlarning iqtisodiy imkoniyatlari, uy-joyga erişiş şaroitlari va oila haqidagi qaraşlarini ham körib çiqiş kerak.
Nikohlar soni kamaymoqda, ammo turmuş quriş yoşi oşyaptimi?
Oila qurişni keçiktiriş haqidagi taxminni tekşiriş uçun birinçi marta nikohdan ötayotganlarning örtaça yoşiga qaraş mumkin. Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2025-yilda Özbekistonda birinçi marta nikohdan ötayotgan erkaklarning örtaça yoşi 25,6, ayollarniki esa 21,4 yoşni taşkil etgan. 2024-yilda bu körsatkiç erkaklarda 26,2, ayollarda 21,8 yoş bölgan. Demak, sönggi yilda birinçi nikohning örtaça yoşi oşmagan, aksinça, biroz pasaygan.
Bu muhim farq. Nikohlar umumiy sonining kamayişi bilan turmuş quriş yoşining özgarişi bir xil jarayon emas. Şuningdek, örtaça yoşning bir yilda pasayişi uzoq muddatli tendensiyani töliq ifodalamaydi.
Nikohlar soniga aholining yoş tarkibi, mehnat migratsiyasi, taʼlim oliş davomiyligi va boşqa demografik omillar ham taʼsir qilişi mumkin. Şu sababli faqat umumiy raqamga qarab, yoşlarning oilaga munosabati haqida qatʼiy xulosa çiqariş töğri bölmaydi.
Töy xarajatlari: oila qurişdan oldingi katta sinov
Özbekistonda nikohni faqat ikki insonning birga yaşaş haqidagi qarori sifatida köriş qiyin. Köp hollarda bu qaror töy marosimi, uning xarajatlari va qarindoş-uruğ oldidagi ijtimoiy majburiyatlar bilan ham boğliq.
2025-yilda «Yuksaliş» harakati ötkazgan jamoatçilik sörovida













