Buyuk Britaniyadagi Şeffild universiteti olimlari rangini özgartiradigan qadimgi Rim şişasini qayta yaratişga muvaffaq böldi, deb yozadi The Guardian.
Britaniya muzeyida IV asrga oid Likurg qadahi saqlanadi. U dixroik şişadan yasalgan bölib, yoruğlik qanday tuşişiga qarab rangini özgartiradi: oddiy yoruğlikda idiş yaşil rangda, orqa tomondan yoritilganda esa qizil tusda tovlanadi. Unda Gomerning «Iliada» dostoni oltinçi qöşiğida tasvirlangan şoh Likurg aks tasvirlangan. 2022-yilda Likurg qadahi dunyoning şişadan yasalgan yetti möʼjizasidan biri deb eʼtirof etilgan.
Tadqiqotçi Liza Hollandsning aytişiça, şişa tarkibiga oltin va kumuş nanozarraçalari qöşilgan. Quyuq erigan şişa massasi hosil qilingan va u sovigani sari tarkibidagi zarraçalar atrofida oltin va kumuş nanokristallari ösib çiqa boşlagan.
«Oq yoruğlik turli ranglardan taşkil topgan. Buni osmonda kamalak paydo bölganda köriş mumkin. Nanozarraçalar yoruğlik tölqinlari uzunligidan ança kiçik böladi va muayyan şaroitlarda yoruğlik atomlardagi elektronlarga taʼsir qilişi tufayli ular ayrim ranglarni tösib qöyadi», - deydi Hollands.
Uning sözlariga köra, şişa orqali yoruğlik ötkazilsa, «oltin va kumuş zarraçalari kök va yaşil nurlarni tutib qolib, faqat qizil va töq sariq nurlarni ötkazadi».
«Agar yoruğlik sirtdan aks etsa, bu zarraçalar yoruğlikni soçib yuboradi va natijada biz köradigan yaşil rang hosil böladi», - dedi u.
London universitet kollejining faxriy professori Ien Fristounning qayd etişiça, 1960-yillarda ham qadimgi Rim şişasini qayta yaratişga urinişlar bölgan.
«Rang köp jihatdan peçdagi şaroitga boğliq edi. Agar şişa peçning boşqa joyida turgan bölsa, uning rangi ham boşqaça çiqardi. Rangning peçdagi joylaşuvga şu qadar sezgirligi rimliklar uçun uni nazorat qiliş nihoyatda qiyin bölganini körsatadi. Bu esa Likurg qadahi tayyorlanganida ularga şunçaki omad kulib boqqan bölişi mumkin, degan fikrga olib keladi», - dedi olim.














