Janubiy Afrikada Koral Hart taxallusi ostida ijod qiluvçi yozuvçi ayol atigi 20 oy içida sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanib 371 ta işqiy roman yozdi va ularning savdosidan 1 million AQŞ dollaridan köproq (taxminan 16,5 million Janubiy Afrika rendi) pul işlab topdi.
Koral Hart öz işida ChatGPT, Claude va Grok kabi ommabop SI çat-botlaridan foydalanadi. Biroq u matnni töliqligiça kompyuter ixtiyoriga taşlab qöymaydi. Kitob ğoyasi, syujet çiziqlari, qahramonlar xarakteri va boblar rejasini yozuvçining özi mustaqil tuzadi. Sunʼiy intellekt esa berilgan reja asosida matn qoralamasini yoziş va tahrirlaşda kömaklaşadi. Tayyor bölgan har bir asar oxirda qayta öqib çiqiladi va kamçiliklari töğrilanadi. Kitoblar Amazon va boşqa onlayn marketpleyslarda sotilgan.
Muvaffaqiyatga qaramay, yozuvçi özining haqiqiy ismini jamoatçilikdan qattiq sir saqlamoqda. Sababi - u SI orqali kitob yozişga qarşi bölgan anʼanaviy yozuvçilar va kitobxonlar tomonidan minglab ğazabli xabarlar va hatto ölim tahdidlarini olgan.
Hart xonim sunʼiy intellektdan foydalanişni boşlaşdan avval naşriyot sohasida 14 yil işlagan va özi ham mustaqil ravişda önlab kitoblar yozgan tajribali mutaxassisdir. U bir neça oy davomida SI promptlarini töğri berişni örganib, matnni tezkor yaratişning şaxsiy metodologiyasini şakllantirgan.
Uşbu keys kitob bozorida anʼanaviy mualliflik huquqi va adabiyot mazmuni böyiça katta bahslarga sabab bölmoqda. Bir guruh ekspertlar buni "adabiyotni qadrsizlantiriş va konveyerga aylantiriş" deb hisoblasa, boşqalar SIni yozuvçining tezligini oşiruvçi samarali "hamroh" sifatida baholamoqda.













