Sud jarayoni 18-avgust kuni Kaliforniya ştati Oklend şahridagi federal sudda boşlandi. Da’voning asosiy qismi Kaliforniya, Kolorado, Kentukki va Nyu-Jersi ştatlari tomonidan ilgari surilgan bölib, kengroq iş doirasida jami 29 ştat iştirok etmoqda.

Da’vogarlar Meta Facebook va Instagramʼda yoş foydalanuvçilarni platformalarda imkon qadar uzoqroq uşlab turişga qaratilgan funksiyalardan foydalanganini ta’kidlamoqda. Ularga köra, bunday dizayn bolalar va ösmirlarning psixologik zaifliklaridan foydalanib, platformalardan majburiy tarzda foydalanişga öxşaş odatlarni şakllantirgan.

Ştatlar kompaniyani yoş foydalanuvçilar uçun Facebook va Instagram xavfsizligi haqida jamoatçilikni çalğitişda ham ayblamoqda. Bundan taşqari, Meta 13 yoşga tölmagan bolalarning şaxsiy ma’lumotlarini ota-ona roziligisiz yiğiş va qayta işlaş orqali AQŞning bolalar maxfiyligini himoya qilişga qaratilgan COPPA federal qonunini buzgani da’vo qilinmoqda.

«Yoşlar eng foydali auditoriya»

Sudda da’vogarlar tomonidan iştirok etayotgan Kaliforniya boş prokurori örinbosari Megan ÖNill Meta ösmirlar psixologiyasiga oid tadqiqotlardan ularning e’tiborini yanada uzoqroq uşlab turiş uçun foydalanganini ta’kidladi.

Da’vogarlar pozitsiyasiga köra, kompaniyaning biznes modeli foydalanuvçini platformaga jalb qiliş, uni imkon qadar uzoq uşlab turiş, ma’lumotlarini yiğiş va bu orqali reklama daromadini köpaytirişga qurilgan. Yoş foydalanuvçilar esa kompaniya uçun uzoq muddatli va qimmatli auditoriya hisoblangani iddao qilinmoqda.

Sudda Metaʼning sobiq muhandisi Arturo Bejar ham körsatma berdi. Uning aytişiça, mahsulotlarni işlab çiqiş jarayonida bolalar xavfsizligi bilan boğliq ayrim içki ogohlantiriş va takliflarga yetarliça e’tibor berilmagan.

Meta ayblovlarni rad etmoqda

Meta vakillari esa ştatlarning da’volariga qöşilmaydi. Kompaniya himoyasi da’vogarlar foydalanuvçilar ataylab çalğitilganini yetarli darajada isbotlamaganini ta’kidlamoqda.

Meta öz platformalarida ösmirlarni himoya qiliş uçun yillar davomida turli xavfsizlik çoralarini joriy etganini bildirmoqda. Kompaniya, şuningdek, ştatlar Facebook va Instagram işlaş uslubi hamda dizayniga haddan taşqari keng özgartişlar kiritişga va juda katta miqdorda moliyaviy tovon undirişga urinayotganini aytmoqda.