Xitoyning dori vositalarini nazorat qiliş boşqarmasi Neuracle Technology kompaniyasiga mijozlarga miya implantini sotiş uçun tarixda birinçi ruxsatnomani berdi. U orqa miya şikastlanişi oqibatida qisman falaj bölgan odamlar uçun möljallangan.
BCI-implant - bu neyron signallarini töğridan-töğri öqiş va rağbatlantiriş uçun jarrohlik yöli bilan miyaga yoki uning yoniga joylaştirilgan «miya-kompyuter» interfeysi. U miyaning elektr faolligini taşqi kompyuterlar uçun buyruqlarga aylantiradi. Bu bemorlarga protezlarni fikr kuçi bilan boşqariş imkonini beradi. Xitoylik işlab çiquvçining ta’kidlaşiça, Neuracle startapining qurilmasi bemorlarga jismlarni qöllari bilan uşlaşga yordam bergan. U 36 bemorda sinovdan ötkazildi.
Xitoyda ma’qullangan implantat miyaning qattiq qobiğidan taşqarida örnatilişi va signallarni öqiş uçun kamroq kanallarga egaligi bilan ilğor tizimlardan farq qiladi. Şu sababli qurilma faqat qisman falaj bölgan bemorlarga mos keladi.
Xitoy hukumati avvalroq BCI implantlarini işlab çiqiş va tarğib qilişni oltita strategik soha röyxatiga kiritgan edi. Xitoy hukumati tekşiruvlarni soddalaştirişga va mahsulotlar bozorga çiqişidan oldin xarajatlarni qoplaş qoidalarini örnatişga va’da berdi. Buning fonida bir qator texnologik kompaniyalarning aksiyalari sezilarli darajada oşdi, deb ta’kidlaydi Bloomberg. Bu sohaga investitsiyalar nafaqat Xitoyda, balki AQŞda ham ortib bormoqda. Biroq, Amerika kompaniyalari, jumladan, milliarder Ilon Mask tomonidan asos solingan Neuralink hozirça faqat odamlarda klinik sinovlar ötkaziş uçun ruxsat oldi.













