Air Niugini aviakompaniyasining bortida 47 kişi bölgan Boeing 737-800 samolyoti Mikroneziyaning Chuuk ştati hududida joylaşgan Veno oroliga qönişda muvaffaqiyatsizlikka uçrab, suvga qulagan.

Pacific Daily News xabariga köra, uşbu samolyot Tokiodan Veno orqali Papua — Yangi Gvineyaga tomon harakatlanayotgandi. Layner mahalliy vaqt bilan soat 9:30 suvga «qöngan». Samolyot uçiş-qöniş yölagidan çiqib ketgan.

Samolyot bortida 36 yölovçi va ekipajning 11 a'zosi bölgan. Hodisadan köp ötmay ularning barçasi evakuatsiya qilingan — ularni mahalliy baliqçilar qayiqlarida qutqarişgan.

Yölovçilar va ekipaj a'zolari orasida halok bölganlar yöq. Bir neça kişi oyoğini sindirib olgan, bir kişining qöli singan.