Dastlabki saralash bosqich qur’asida FIFA reytingining eng quyi qismida borayotgan Osiyoning 20 ta milliy jamoasi 10 ta juftlikka ajratildi. Juftlik g‘oliblari ikkinchi bosqichga yo‘llanma oladi. 

Birinchi bosqich qur’a natijalari:
1. Afg‘oniston – Mo‘g‘uliston
2. Maldiv orollari – Bangladesh
3. Singapur – Guam
4. Yaman – Shri-Lanka
5. Myanma – Makao
6. Kamboja – Pokiston
7. Xitoy Taypeyi – Sharqiy Timor
8. Indoneziya – Bruney
9. Hongkong – Butan
10. Nepal – Laos.

O‘zbekiston milliy jamoasi esa JCh-2026 va Osiyo kubogi-2027 saralashidagi ishtirokini 2-bosqichdan boshlaydi. Qur’aga ko‘ra, Srechko Katanets shogirdlari Eron, Turkmaniston va Hongkong/Butan juftligi g‘olibi bilan E guruhidan joy oldi. 

Jamoamiz dastlabki turni 16 noyabr kuni Turkmanistonga qarshi safar o‘yini bilan boshlaydi. Ikkinchi turda esa 21 noyabr kuni Eron O‘zbekistonda mehmon bo‘ladi.

O‘zbekiston milliy jamoasining E guruhidagi o‘yinlari taqvimi:

16 noyabr. Turkmaniston - O‘zbekiston
21 noyabr. O‘zbekiston - Eron
21 mart, 2024. Hongkong/Butan - O‘zbekiston 
26 mart, 2024. O‘zbekiston – Hongkong/Butan 
6 iyun, 2024. O‘zbekiston - Turkmaniston 
11 iyun, 2024. Eron – O‘zbekiston.

Ma’lumot uchun, har bir guruhdan 1-2-o‘rindagi jamoalar 3-saralash bosqichiga yo‘llanma oladi.