Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahridagi Milliy boğdagi plyajda 5-avgust kuni 4 yoşli qiz suvda çökib vafot etgani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Kun.uz muxbiri hodisa joyida bölib, plyaj faoliyati töxtatilganini aniqladi. Voqea guvohlari çindan ham uşbu holat sodir bölganini tasdiqladi.

Boğ ma’muriyati xodimlari voqea yuzasidan izoh beriş vakolatiga ega emasligini bildirgan.
Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov Gazeta’ga ma’lum qilişiça, 4 yoşli qiz 8 yoşli opasi va buvisi bilan birga çömiliş kelgan va suvga çökib ketgan.
Voqea joyiga çaqirilgan tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan körsatilgan birinçi yordamga qaramay, u vafot etgan.
Şifokorlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnomaga köra, marhumaning tanasida heç qanday tan jarohati alomatlari aniqlanmagan.
Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi, prokuratura va sud-tibbiy ekspertiza byurosi xodimlari tomonidan ölim sababini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, Özbekistonda 2026-yilning sönggi olti oyida 111 kişi suvga çökib ketib, vafot etgan.

















