Qoraqalpoğiston yoşlari uçun oliygohga kirişda qöşimça imkoniyatlar yaratildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, davlat komissiyasining tegişli bayoniga muvofiq, 2026/2027-öquv yili uçun qoraqalpoğistonlik yoşlar oliy taʼlimga kirişda quyidagi 2 ta qöşimça imkoniyatlarga ega böldi.

1-imkoniyat: 2026-yil 2–6-oktabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasida doimiy yaşovçi va kiriş imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija körsatib, davlat oliygohlarining kunduzgi taʼlim şakliga tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoşlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uçun röyxatdan ötadi.

Röyxatdan ötiş my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oşiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim taşkiloti va taʼlim yönalişi böyiça tanlovda iştirok etadi.

Röyxatdan ötgan abituriyentlar ötkazilgan kiriş imtihonlari natijasiga köra töplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.

2-imkoniyat: Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan bakalavriat taʼlim yönalişlari kesimida tölov-kontrakt asosida viloyatlardagi davlat oliy taʼlim taşkilotlariga qöşimça 6 500 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

Bunda bazaviy tölov-kontrakt asosidagi qöşimça qabul parametrlari davlat oliy taʼlim taşkilotlarining bakalavriat taʼlim yönalişlariga abituriyent sifatida röyxatdan ötgan Qoraqalpoğiston Respublikasidagi umumiy örta, örta maxsus va kasbiy taʼlim taşkilotlarini tamomlagan, ötkazilgan kiriş imtihonlari natijalariga köra 56,7 va undan yuqori ball töplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan şakllantiriladi.

Tanlov qaydnomalari tegişli oliy taʼlim taşkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylaştiriş uçun yetkaziladi.