Germaniya kansleri va Xristian-demokratik ittifoq rahbari Fridrix Mers 20-sentabr kuni Meklenburg - Old Pomeraniya hamda Berlinda ötkazilgan saylovlar natijasini «halokat» deb atadi. U bu bayonotni konservatorlar tarixda ilk bor mamlakat federal yerlaridan birining parlamentida vakillik qila olmasligi maʼlum bölişidan oldin aytgan.
Meklenburg - Old Pomeraniyada XDI atigi 4,9 foiz ovoz töpladi. Yer parlamenti - landtagga kiriş uçun esa partiya kamida 5 foiz ovoz olişi kerak edi.
Saylovda 38,2 foiz ovoz bilan ultraöng «Germaniya uçun muqobil» partiyasi ğalaba qozondi. Qiyoslaş uçun, 2021-yilgi saylovda partiyani saylovçilarning 16,7 foizi qöllab-quvvatlagan edi.
Ikkinçi örinni 35,5 foiz ovoz bilan Germaniya sotsial-demokratik partiyasi egalladi. 2021-yilda uning natijasi 39,6 foizni taşkil etgan. Söl partiya 6,5 foiz, «Ittifoq-90/Yaşillar» esa 5,7 foiz ovoz oldi. Qolgan siyosiy kuçlar beş foizlik tösiqdan öta olmadi.
Şu tariqa, 2021-yilgi saylovda ham qatnaşgan partiyalar orasida faqat «Germaniya uçun muqobil» öz natijasini yaxşilagan. Biroq partiyaning bu ğalabasi köproq ramziy ahamiyatga ega. Çunki boşqa partiyalar ultraönglar bilan koalitsiya tuzişni rad etmoqda.
Federal yer hukumati rahbari, sotsial-demokrat Manuela Şvezig öz saylovoldi kampaniyasini asosan «Germaniya uçun muqobil»ga qarşi kuraş ğoyasi ustiga qurgan edi. Uning taşviqot şiorlaridan biri «Ayol köklarga qarşi» böldi. Kök rang ultraöng partiyaning ramziy rangi hisoblanadi.
Şvezig saylov kuni ZDF telekanaliga bergan intervyusida ultraönglar obrösi oşişining ikki asosiy sababini körsatdi. Uning sözlariga köra, Meklenburg - Old Pomeraniya aholisining katta qismi Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordam körsatilişiga qarşi. Şuningdek, köpçilik «Şimoliy oqim» quvuri orqali Rossiya gazini yetkazib berişni qayta tiklaşni xohlaydi.
«Germaniya uçun muqobil» partiyasi saylovoldi kampaniyasida aynan şu ikki masaladan faol foydalangan. Şvezig sotsial-demokratlar bu pozitsiyalarni qöllab-quvvatlamasligini va şu sababli ovoz yöqotişini oldindan tuşunganini aytdi.
Şunga qaramay, Şvezigning strategiyasi iş berdi. Oy boşidagi sörovlarda sotsial-demokratlarning reytingi 30 foizdan past, bir yil avval esa hatto 20 foizga yetmagan edi. Yakuniy 35,5 foizlik natija partiyaga Söl partiya va «Yaşillar» bilan birgalikda hukumat tuziş imkonini bermoqda.











