«Huquqiy axborot» kanalida maʼlum qilinişiça, hukumatning 2026-yil 28-sentabrdagi 519-son qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentda tegişli tartib belgilangan.

Unga köra, mehnat şartnomasi alohida asoslarga binoan bekor qilingan quyidagi şaxslar muddatidan oldin pensiya tayinlaş uçun taqdimnoma rasmiylaştiriş böyiça murojaat qilişi mumkin:

umumiy mehnat staji kamida 25 yil bölgan 58 yoşdan 60 yoşgaça erkaklar;

umumiy mehnat staji kamida 20 yil bölgan 53 yoşdan 55 yoşgaça ayollar.

Sörovnoma Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali - YAIDXP orqali yuboriladi. Unga mehnat şartnomasi bekor qilingani haqidagi buyruq nusxasi ilova qilinişi kerak. Agar mehnat staji töliq raqamlaştirilmagan bölsa, mehnat daftarçasi nusxasi ham taqdim etiladi.

Mahalliy mehnat organi hujjatlarni ikki iş kuni içida tekşiradi. Şundan söng murojaat qilgan fuqaro iş qidirayotgan şaxs sifatida röyxatga olinadi va unga uç oy davomida maqbul iş topiş çoralari köriladi.

Agar şu muddat içida maqbul iş topilmasa, fuqaro işsiz deb eʼtirof etiladi. Muddatidan oldin yoşga doir pensiya tayinlaş uçun taqdimnoma esa Pensiya jamğarmasiga yuboriladi.

Pensiya tayinlanganidan keyin işsizlik nafaqasini tölaş keyingi oydan boşlab töxtatiladi.

Mazkur davlat xizmati bepul körsatiladi.