Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijonga taşrifi davomida hududdagi vaziyat va yeçimini kutayotgan masalalar haqida fikr bildirar ekan, sönggi kunlarda kam uxlayotganini aytdi.
Davlat rahbari Andijonda havo yaxşi ekanini, biroq hududda hal qilinişi kerak bölgan masalalar köpligi sababli öylar uni qiynayotganini taʼkidladi.
Şuningdek, prezident keça suhbatlaşgan oqsoqollardan birining «Notinç dunyoda tinç mamlakat bor – Özbekiston» degan sözlarini alohida qayd etdi.
«Siyosatdan yiroq odam, lekin yuragidagi bor gapni gapirdi. Men juda xursand böldim», – dedi prezident.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Andijondagi muloqot çoğida keça bir ayol bilan bölgan suhbatni esladi:
«Oddiy bir ayol köz yoşi bilan: “Janob prezident, Rossiyada işlab yurganman, neça yillardan beri. Ikki nafar farzandim bor, ona bölib özim tarbiyalayapman”, dedi.
Uning közida nur bor edi. Menga aytgan birinçi gapi – “Bu yerda daromadim ança yuqori”, degani böldi», – dedi davlat rahbari.
Prezident yana bir jihat özini xursand qilganini aytib, ayolning ikki farzandidan biri bu yil Andijon davlat tibbiyot institutiga öqişga kirganini taʼkidladi.
«Men undan: “Beş yil oldin farzandingiz öqişga kirişiga işonarmidingiz?” deb söradim. Butun zal “Heç qaçon bunday bölmagan”, deb javob berdi.
Bu islohotlarimizga berilgan xalqning bahosi emasmi?» – dedi Şavkat Mirziyoyev.









