O‘zbekistonda 10ta nodavlat OTM tashkil etiladi

Foto: Shutterstock
O‘zbekistonda 10ta nodavlat, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oliy ta'lim muassasalari tashkil etiladi. Bu haqda Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida aytilgan.
Qayd etilishicha, bunda tegishli amaliy chora-tadbirlar 2020 yil dekabrga qadar ishlab chiqilishi lozim. Ijro uchun mas'ullar - Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi (Majidov), Xalq ta'limi vazirligi (Shermatov), Transport vazirligi (Mahkamov), Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (Soliyev), Davlat-xususiy sheriklik agentligi (Xoljigidov).
Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik masalalari bo‘yicha davlat organlari, mahalliy konsalting kompaniyalari, banklar, investorlar va boshqa tashkilotlar uchun, jumladan xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda tajribali xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda, seminar-treninglar va davra suhbatlari tashkil etiladi.
Sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish va tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash, ta'lim, transport, yo‘l qurilishi va kommunal xo‘jaligi yo‘nalishlarida iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, xususiy investitsiyalarni jalb etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar sonini ko‘paytirish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish mo‘ljallanmoqda.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskvadagi kaltaklash, tanqidga uchragan sertifikatsiya va Andijondagi “radar ovchisi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:35
-
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 21:06
-
Toshkent metrosi kuniga o‘rtacha 780 ming yo‘lovchi tashiyapti
O‘zbekiston | 19:32
-
Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otashkesim e’lon qildi
Jahon | 19:21
Mavzuga oid

14:30 / 02.11.2024
DXSh loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

16:00 / 28.09.2024
Kuvayt O‘zbekistondagi DXSh loyihalarida ishtirok etishi mumkin

10:50 / 23.09.2024
BAA O‘zbekistonda DXSh loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda

20:53 / 07.09.2024