Davlat organlari va taşkilotlari tadbirkorlarga tegişli binolarda ijara asosida joylaştiriladi. Bu haqda prezidentning “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida aytilgan.
Qayd etilişiça, davlat organlari va taşkilotlari joylaşgan yer maydonlari va bino-inşootlardan samarali foydalanişni ta'minlaş böyiça işçi guruhi taşkil etiladi.
Işçi guruhi (J.Qöçqorov) ikki oy muddatda:
- ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturlari doirasida davlat organlari va taşkilotlari uçun bino va inşootlar qurişni maqbullaştirgan holda ularni tadbirkorlik sub'yektlariga tegişli binolarda ijara asosida joylaştiriş tizimini keng joriy qiliş çoralarini köradi;
- dastlabki bosqiçda Toşkent şahrining Olmazor, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida davlat organlari va taşkilotlari joylaşgan yer uçastkalari va bino-inşootlarni xatlovdan ötkazgan holda, ularning maydonlarini tanqidiy körib çiqadi va tadbirkorlik sub'yektlariga xizmat körsatiş obektlarini barpo etiş uçun ajratiş maqsadida maqbullaştiriş böyiça Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Bunda, davlat organlari va taşkilotlarida böş turgan, şu jumladan, prezidentning 2021 yil 3 apreldagi PQ–5053-son qaroriga muvofiq ştat birliklari maqbullaştirilişi natijasida böşagan yer uçastkalari, bino-inşootlar va joylar mavjudligi inobatga olinadi.
Bundan oldin, 1 sentyabrga qadar barça hududlarda tun-u kun işlaydigan savdo va köngiloçar köçalar taşkil etilişi xabar berilgandi.








