Majburiy ijro byurosining Qarshi shahar boʻlimida oʻtkazilgan sayyor sud majlisida aliment toʻlashdan boʻyin tovlagan qarzdorlarga nisbatan toʻplangan hujjatlar koʻrib chiqildi.

Sud qaroriga koʻra, 26 nafar qarzdorga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Yana 26 nafar qarzdor sud majlisi davomida aliment boʻyicha qarzdorligini toʻliq bartaraf etgani sababli, ularga nisbatan ish yuritish qonunda belgilangan tartibda tugatildi.

Qolgan 8 nafar qarzdorga esa aliment toʻlash majburiyatini bajarish uchun muddat berildi.