“Toşkent xalqaro moda akademiyasini taşkil etiş töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, Toşkent xalqaro moda akademiyasi davlat oliy taʼlim taşkiloti hisoblanadi va Yengil sanoatni rivojlantiriş agentligi tizimida faoliyat yuritadi.

Akademiya Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutining Parij xalqaro moda akademiyasi bilan taşkil etilgan qöşma taʼlim dasturi negizida taşkil etiladi. Bunda:

qöşma taʼlim dasturida tahsil olayotgan barça talabalar öqişini akademiyada davom ettiradi va bitiruvçilarga akademiyaning diplomi beriladi;

öquv jarayoni 2026/2027 öquv yilidan boşlanadi, talabalarni öqişga qabul qiliş amaldagi qonunçilik hujjatlariga muvofiq umumiy belgilangan tartibda amalga oşiriladi;

qöşma taʼlim dasturlari bilan bir qatorda öz taʼlim dasturlari asosida bakalavriat yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça kadrlar tayyorlaşga ruxsat etiladi;

2027/2028 öquv yilidan boşlab korxona (taşkilot) buyurtmasi asosida töqimaçilik, tikuvçilik, trikotaj va çarm-poyabzal sohalarida maqsadli kadr tayyorlaşga qaratilgan dual taʼlim şakli joriy etiladi;

davlat buyurtmasi asosida turli taşkilotlar va xizmatlar uçun kiyim-boş dizaynlarini akademiya bazasida işlab çiqiş va milliy brendlarni şakllantiriş yölga qöyiladi.

2027/2028 öquv yilidan boşlab yengil sanoat sohasi uçun kadrlar tayyorlovçi texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan va ballar örtaça qiymati akademiya tomonidan belgilangan körsatkiçdan kam bölmagan bitiruvçilarga bakalavriatning uçinçi bosqiçidan öqişni tölov-kontrakt asosida davom ettirişga ruxsat beriladi.

Qaror bilan tasdiqlangan çora-tadbirlar dasturida 2028-yil yakuniga qadar akademiya talabalari uçun davlat-xususiy şeriklik asosida 400 örinli talabalar turar joyini qurib, foydalanişga topşiriş nazarda tutilgan. Ungaça institutdan akademiyaga öqişi köçirib ötkaziladigan talabalarga institut talabalar turar joyidan belgilangan tartibda foydalanişga ruxsat beriladi.