Davlat test markazi rahbariyati 2020/21 öquv yilidan boşlab abituriyentlar 5ta fan böyiça imtihon topşirişi rejalaştirilayotganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinişiça, abituriyentlar test fanlari majmuasini ikki bölimga ajratib, ya'ni 3ta majburiy hamda 2ta ixtiyoriy fandan imtihon topşirişi nazarda tutilmoqda.
«Joriy yilning sentabr-oktabr oyida fanlar majmui ma'lum qilinadi. Bu Janubiy Koreya, Qozoğiston, AQŞ tajribasi asosida Özbekistonda amaliyotga kiritilmoqda», – deydi DTM rahbari Majid Karimov.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi hujjat loyihasida ta'kidlanişiça, fanlar majmuasining birinçi bölimida ona tili, matematika va Özbekiston tarixi, ikkinçi bölimida esa da'vogarlik qilinayotgan ta'lim yönalişiga mos ikkita fandan savollar berilişi mumkin.
Şuningdek, 2020-2021 öquv yilidan boşlab, yoşlarning ona tili böyiça savodxonligini oşiriş va aniqlaş maqsadida yoziş könikmalarini baholaş uçun ona tili (özbek, rus, qoraqalpoq) böyiça diktant topşiriş yölga qöyiladi.
Kun.uz muxbirining ma'lum qilişiça, yoziş könikmasini baholaş asosiy imtihonlarga qöşimça ravişda taşkil etiladi, ammo bu qaysi mexanizmlar orqali işlaşi töliq işlab çiqilmagan. Agar abituriyent yozma sinovdan yetarli ball töplasa, ona tili fani böyiça testni topşirmasligi ham mumkin. Rejada uşbu yangilikni amalga oşiriş tartibi joriy yilning oktabr oyiga qadar rasman e'lon qilinadi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube








