Statistika qömitasi 2021 yilning 6 oyi böyiça özbekistonliklarning örtaça oylik maoşiga oid statistikani e'lon qildi.
Bunda yuridik şaxs maqomiga ega bölgan korxona va taşkilotlarda işlovçi, qişloq xöjaligi va kiçik tadbirkorlik sub'yektlaridan taşqari xodimlarning örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqlari har bir iqtisodiy faoliyat turlarida farqlanadi.
Örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi tarkibiga qöşimça tölovlar, mukofot pullari, rağbatlantiruvçi tölovlar, kompensatsiya va işlamagan vaqti uçun tölovlar, şuningdek, jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği va kasaba uyuşmasiga ajratmalar kiradi.
Eng köp va eng kam maoş kimlarda?
Statqöm tahlillari örtaça oylik iş haqining eng yuqori darajasi moliyaviy va suğurta iqtisodiy faoliyatida 7 mln 111 ming söm yoki respublika körsatkiçidan 2,4 barobar yuqori ekanligini körsatdi.
Eng kam maoş esa soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş faoliyatida 2 mln 49 ming söm yoki respublika örtaça oylik iş haqidan 69 foizga kam ekanligi kuzatildi.
Sohalar böyiça (qişloq xöjaligi va kiçik tadbirkorlik sub'yektlaridan taşqari) 2021 yilning yanvar-iyun oylarida iş haqlarining ösişi:
1. Moliyaviy va suğurta faoliyati - 7 mln 111 ming söm. 29,6 foiz ösiş;
2. Axborot va aloqa sohasi - 5 mln 138,4 ming söm. 21,3 foiz ösiş;
3. Sanoat sohasi - 3 mln 734,6 ming söm. 2020 yilning mos davriga nisbatan 7,9 foiz ösiş;
4. Taşiş va saqlaş sohasi – 3 mln 712,6 ming söm. 10,3 foiz ösiş;
5. Quriliş sohasi - 3 mln 690,7 ming söm, 22,1 foiz ösiş;
6. Savdo sohasi - 2 mln 977,3 ming söm. 21,7 foiz ösiş;
7. Ta'lim sohasi- 2 mln 250 ming söm. 14,4 foiz ösiş;
8. Soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş sohasi – 2 mln 49 ming söm. 15,1 foiz ösiş.














