Şavkat Mirziyoyev sirdaryolik saylovçilar bilan uçraşuvda ta’lim sohasiga oid rejalari bilan bölişdi.
Nomzodning keltirişiça, pedagogika yönalişidagi oliygohlarni alohida yondaşuv asosida yetti yillik rivojlantiriş dasturiga köra, kelgusi öquv yilidan:
- bakalavr pedagog kadrlar tayyorlaş töliq davlat grantiga ötkaziladi;
- magistraturada esa kvotalar 2 karra oşirilib, töliq davlat hisobidan böladi;
- kadrlar yetişmaydigan, ta’lim sifati oğir maktablar oldindan tanlanib, ular uçun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi.
Bunda buyurtma asosida öqişni tamomlagan yoşlarga uşbu maktablarda borib işlaşlari uçun jozibador rağbatlantiriş tizimi yölga qöyiladi.
“Endi yoşlarimizning maktabda öqigan baholarini ham inobatga oliş amaliyotini yölga qöyamiz. Kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qöşimça fanni tanlab, test sinovlaridan ötadi va uning natijalariga qarab oliygoh, ta’lim yönalişi va ta’lim şaklini tanlaş imkoniyatiga ega böladi”, dedi Mirziyoyev.
Şu bilan birga, avval xorijiy tillardan xalqaro sertifikati bor abituriyentlarga çet tili böyiça imtihon topşirmaslik imtiyozini berilgan bölsa, endi bu imtiyoz matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari böyiça xalqaro tan olingan sertifikati bor yoşlarga ham tatbiq etiladi.
Har yili 5 ming nafar professor-öqituvçilarimiz tajriba almaşiş uçun xorijga yuboriladi. har yili 200 nafar yoş olimlarimizni, keyinçalik oliygohlarga qaytib dars beriş şarti bilan, xorijiy ilmiy taşkilotlarda dissertatsiya yoqlaşga jönatamiz.
“Oliygohlarning ilmiy kengaşlariga dunyoning nufuzli oliygohlaridan yetakçi professorlarni jalb qiliş vaqti keldi. Professor-öqituvçilarning öquv yuklamasi 25 foizga qisqartiriladi, lekin iş haqi kamaytirilmaydi”, dedi Mirziyoyev
Şuningdek, öz yönalişi böyiça xalqaro tan olingan kasbiy sertifikatlarga ega bölgan öqituvçilarga qöşimça ustamalar belgilanadi. Bunday sertifikati bor amaliyotçilarga dars beriş uçun magistrlik diplomi talab etilmaydi.









