Hukumat qarori bilan Rizayev Jasur Alimjanoviç Toşkent davlat stomatologiya instituti rektori etib tayinlandi. Bu haqida institutdagi manbalariga asoslangan holda xushnudbek.uz sayti ma'lum qilgan.
Bungaça Jasur Rizayev Toşkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi boş şifokori hamda Toşkent vraçlar malakasini oşiriş institutining 2-Stomatologiya kafedrasi mudiri lavozimlarida işlab kelayotgan edi.
Jasur Rizayev 1974 yili Toşkent şahrida tuğilgan, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
1996 yil Toşkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1998-2000 yillarda katta laborant, 2000-2007 yillarda assistent, 2007-2008 yillarda 1-TDTIda dotsent, 2008-2011 yillarda Toşkent şahar Uçtepa tuman tibbiyot birlaşmasida rahbar bölib faoliyat yuritgan.
2011 yildan buyon Toşkent tibbiyot akademiyasi 3-klinikasi boş şifokori, 2016 yildan buyon Toşkent vraçlar malakasini oşiriş institutining 2-Stomatologiya kafedrasi mudiri lavozimlarida işlagan.
2006 yilda tibbiyot fanlari nomzodligi uçun, 2016 yili tibbiyot fanlari doktorligi uçun dissertatsiyalarni himoya qilgan. 60 dan ortiq ilmiy işlar muallifi.
Ma'lumot uçun, bungaça Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 7 avgustdagi qarori asosida Xabilov Nigmon Luqmonoviç Toşkent davlat stomatologiya instituti rektori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.












