Özbekistonda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat röyxatidan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

19-oktabr kungi hukumat qaroriga köra, 2030-yil 1-yanvardan boşlab tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan şuğullaniş huquqi faqat muayyan mutaxassislik böyiça davlat röyxatidan ötkazilgan şaxslarga 5 yil muddatga beriladi. Davlat röyxatidan ötmagan şaxsning tegişli mutaxassislik böyiça tibbiy yoki farmatsevtika kasbiy faoliyati bilan şuğullanişi taqiqlanadi.

2027-yil 1-iyuldan 2030-yil 1-yanvarga qadar xodimlar mutaxassisligi böyiça ixtiyoriy tartibda maxsus imtihon natijalariga köra yoki malaka toifalarini beriş jarayonida avtomatik ravişda davlat röyxatidan ötkaziladi.

Mutaxassisligi böyiça kamida 20 yil iş staji va ilmiy darajaga ega xodimlar maxsus imtihonsiz davlat röyxatidan ötkaziladi (murojaat sanasiga qadar mutaxassisligi böyiça uç yil yoki undan ortiq vaqt davomida uzluksiz kasbiy faoliyatni amalga oşirmagan xodimlar bundan mustasno).

Murojaat davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Tibbiy malaka platformasi orqali qilinadi. Elektron arizalar dam oliş va bayram kunlaridan qatʼi nazar har kuni 24 soat davomida yuborilişi mumkin.

Vakolatli organ - Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholaş markazi - sörovnomani 5 iş kuni içida örganib, talabgorni maxsus imtihonga qöyiş yoki qöymaslik töğrisida qaror qabul qiladi.

Guvohnoma elektron şaklda rasmiylaştiriladi va Tibbiyot va farmatsevtika mutaxassislarining yagona elektron reyestri orqali tekşiriladi. Uning qoğoz şaklidagi asl nusxasi yoki dublikati berilmaydi.

Davlat röyxatidan ötgan xodimlar kasbiy faoliyatni davom ettiriş uçun har 5 yilda qayta davlat röyxatidan ötkaziladi.