Özbekiston taraqqiyotida yangi bosqiç. Bir yillik faoliyatga nazar
|16:10 / 14.12.201725 62819 min
«Xalq sözi» va «Narodnoye slovo» gazetalari boş muharriri Ötkir Rahmatning Şavkat Mirziyoyevning bir yillik faoliyatiga bağişlangan «Hayotdan mamnunlik saodati» sarlavhali tahliliy maqolasi «Xalq sözi online» saytida e'lon qildi.
Bundan bir yil muqaddam — 4 dekabr kuni xalqimiz xalqaro huquq me'yorlariga mos ravişda, öz xohiş-irodasini oçiq-oşkora namoyon qildi. Yurtdoşlarimiz Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Şavkat Mirziyoyev uçun ovoz berar ekan, bu inson rahbarligida tinç va osuda hayot keçirişimiz, farovonlik, yuksak taraqqiyotga erişişimiz muqarrarligini his etişdi.
Xalqimiz şuuridagi aynan şu işonç, qalbidagi his-tuyğu neçoğli töğri hamda haqqoniy ekanligini Amerika Qöşma Ştatlarining 4,2 millionlik auditoriyaga ega «Real Clear World» naşrida e'lon qilingan maqola muallifi Jyeyms Durso ham alohida qayd etib ötdi: «Şavkat Mirziyoyev mamlakat Prezidenti etib saylangan kundan boşlab Özbekiston öz taraqqiyotida yangi bosqiçga qadam qöydi». E'tibor bering, jahonning eng maşhur siyosiy naşridagi bu e'tirof şunçaki baho emas.
Binobarin, 365 kun hayot çarxpalagida bir lahza, xolos. Ammo şu qisqa fursat orasida bajarilgan işlarning, yeçimini topgan muammolarning kölami nihoyatda keng. Yurtboşimiz ilgari surayotgan taşabbuslar xalqimiz tomonidan yakdillik ila qöllab-quvvatlandi. Zotan, har bir ezgu taşabbus inson manfaatlariga qaratilgani bilan ahamiyatli va qadrlidir.
Özbekiston rahbari öz ğayrat-şijoati, bunyodkorlikka intiliş salohiyati bilan barça fuqaroni ezgu maqsadlar sari yetaklamoqda. Hayratga solarli darajadagi şijoat barçaga namuna bölib, ularni yangi marralar sari ruhlantirayapti. Zero, belgilab olingan şiddatli sur'atga mos holda, yuz berayotgan voqea-hodisalar ortidan “ulguriş” uçun işga yangiça yondaşuv talab qilinadi. Davlat rahbarining ezgu ğoyalari röyobga çiqayotgani, iqtisodiy qudratimiz tobora ortib, ijtimoiy sohalar rivojlanib borayotganini ommaviy axborot vositalarida aks ettiriş ham ana şuni talab qiladi. Mamlakatimiz oldida turgan galdagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etiş asnosida xalqimiz uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratiş eng asosiy örinni egallaydi hamda bunda har bir yönaliş muhim va dolzarbdir. Islohotlarning jadal amalga oşirilayotganining guvohi bölayotgan yurtdoşlarimiz öz manzilu makonlarida bu jarayonga faol kirişmoqdalar.
Mavzuga oid
— Jamiyatda kötarinkilik sezilib turibdi, — deydi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti (AQŞ) rahbari Frederik Starr jurnalistlarning Özbekistonda Prezident saylovidan keyin yuz bergan özgarişlar haqidagi savoliga javob qaytarar ekan. — Kelajakka işonç hissi kun sayin kuçaymoqda. Odamlar mavhum sözlar emas, balki amaliy qadamlarga bajonidil munosabatini bildirmoqda. Bu holatni nafaqat rasmiy doiralarda, ayni paytda fuqarolar orasida kuzatiş mumkin. Bunday kayfiyat, albatta, katta-kiçik amaldorlarda bölişi tabiiy. Lekin oddiy kişilarda bunday ruhiyat uyğonişi boşqa narsa. Aynan ana şu omil natija berişi juda muhim hisoblanadi.
Yutuqlar yölini körsatuvçi ustunlar
Özbekiston rahbari dastlabki kunlardanoq mustaqillik ğoyalarini izçil röyobga çiqariş hamda uni mustahkamlaşni eng asosiy burç va şior sifatida örtaga taşladi. Bu tezislar Şavkat Mirziyoyevning boy hayotiy tajriba, amaliy bilim hamda könikmalar, respublikamiz fuqarolari uçun dolzarb bölgan muammolarni hal etişga nisbatan keng qamrovli yondaşuv asosida işlab çiqilgan Saylovoldi dasturida yaqqol ifodasini topdi.
Mamlakat taraqqiyotining ustuvor yönalişlari çuqur tahlil qilingan, millatlararo döstlik va hamjihatlikni saqlaş hamda taşqi siyosatda yangiça yondaşuvlar aks etgan bu dasturda 130 dan ziyod millatlar va elatlarni jamlagan Özbekiston xalqi şunday istiqbolni kördiki, hatto butun dunyoda murakkab siyosiy jarayonlar, töqnaşuvlar keçayotgan bir davrda ham respublikamiz tinçlik va özaro totuvlikning mustahkam qörğoni sifatida rivojlanib boraveradi. Özbekistonni özining aziz va jonajon Vatani, deb bilgan yigirmaga yaqin diniy konfessiyalar vakillari mamlakat buguni va ertangi kuniga öz taqdiri, farzandlari kelajagini boğlagan holda katta iştiyoq va ğayrat-şijoat bilan işga kirişdilar.
Şu örinda aytiş joizki, Saylovoldi dasturi davlat tuzilişining barça jihatini qamrab olgan bölib, yaxlit holda, bir-biriga özaro ta'sirini hisobga olgan mazmunda aks etgan edi. Ma'lumki, puxta öylangan siyosiy qarorlar qudratli iqtisodiyot asosiga quriladi. Öz navbatida, ijtimoiy va gumanitar sohalar ham unga tayanadi. Zamonaviy voqelik ham şunday yondaşuvni talab etadi. Ammo ayrim ekspertlar bu holatda tanlangan dastur teskari yönalişga aylanib ketişidan ehtiyot böliş kerakligi xususida ham ogohlantirişadi. Ya'ni iqtisodiy jihatdan qudratli, lekin ma'nan zaif jamiyat -taşqi ta'sirlar ostida mafkuraviy immunitetini yöqotib qöyişi, rivojlaniş yölidan çalkaşib ketişi ham heç gap emas.
Dasturda qayd etilganidek, davlatimiz taraqqiyoti yölida uçraşi mumkin bölgan tösiqlarning har tomonlama tahlili asosida hayotning barça sohasini öz içiga olgan beşta ustuvor yönaliş körsatildi. Bu yönalişlar mavjud muammolarni bartaraf etiş, yaqin va uzoq istiqbolga möljallangan vazifalarni amalga oşirişga qaratilgan edi. Bir oz vaqt ötib, uşbu masalalar 2017 — 2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida öz ifodasini topdi. Hujjatning puxta işlab çiqilgan bandlari kutilgan yutuqlar sari olib boradigan sermaşaqqat yölda aniq körsatkiçga aylandi.
— Men Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini diqqat bilan örganib çiqdim, — deydi Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasining a'zosi Muhammad Iltaf Şayx. — Bu jiddiy hujjatda Özbekistonning kelgusidagi rivoji hamda puxta öylangan, tinçliksevar taşqi siyosati mujassam. Ana şunday yondaşuvlar bugungi kunda özining amaliy samaralarini körsatmoqda.
Beş raqam va beş yil
Beşta ustuvor yönaliş. Harakatlar strategiyasida belgilangan maqsadlarga erişiş uçun beş yil ajratilgan. Xöş, bu raqam ortida qanday ramziy ma'no bor?
Xayolimizdan ötadigan birinçi fikr: beş — bilimga beriladigan eng yuqori bahodir. Öquvçi kundaligidagi bu baho topşiriqning a'lo darajada bajarilganidan darak beradi. Islom dinida ham beş asosiy arkon mavjud. Olimpiya öyinlarining emblemasini köz oldingizga keltiring-a, u beş qit'ani anglatuvçi beşta halqadan iborat. Biror narsani sanar ekanmiz, beixtiyor barmoqlarimizni bukamiz. Ularning soni har bir qölimizda beştadan. Demak, bu raqam birlaştiruvçi, barça jihatni qamrovçi, şu bilan birga, yengillik, aniqlik va löndalik kabi xislatlarga ega, desak böladi.
Tafakkur qilsak, mazkur dasturiy hujjat nafaqat yutuqlarga erişiş rejasi, balki uning maqsadlari Nukusdan Andijongaça, Termizdan Toşkentgaça — hamma-hammaga tuşunarli ekanini anglab yetamiz. Strategiya, bu — öziga xos yangi milliy ğoya. Undagi beşta yönalişning har birini amalga oşiriş uçun xalqimiz bir muşt bölib harakat qilişi kerak böladi. Mana, raqamlarning siri nimada. Prezidentimiz Birlaşgan Millatlar Taşkilotining yuksak minbaridan turib Strategiyamizni butun dunyoga tanitar ekan, uni işlab çiqişda biz özimizga çetdan nazar taşlab, salohiyat va imkoniyatimizni xolis baholaş bilan birga, xato va kamçiliklarimizni ham atrofliça tanqidiy tahlil qildik, deb aytdilar.
Mamlakatimizning boş «yöl xaritasi»da belgilangan muddat ham öta dolzarb. Mutaxassislarning e'tirof etişiça, beş yil — bu yirik loyihalarni yakuniga yetkaziş, diqqatni eng asosiy, muhim jihatlarga qaratiş, mavjud resurslar va işlab çiqariş kuçlarini töğri taqsimlaş, jahon iqtisodiyotining xususiyatlarini hisobga oliş uçun juda qulay muddat. Mana şu beş yillik davr köp sohalarda katta rol öynaydi. Masalan, qişloq xöjaligida örtaça hosildorlik köpinça beş yillik körsatkiçlar asosida hisoblab çiqiladi. Bundan taşqari, u yirik kontseptual ğoyalarni bosqiçlarga böliş uçun mos keladi. Aynan şu bois Fransiya, Koreya Respublikasi, Xitoy singari rivojlangan davlatlar beş yilga möljallangan örta muddatli vazifalarni bajarişga e'tibor beradilar.
Bizning yurtimizda ham uşbu dasturiy hujjat bandlarini röyobga çiqariş atrofimizdagi voqelikning tubdan özgarişiga xizmat qilayapti. Ötgan bir yil içida qölga kiritilgan yutuqlarning öziyoq mamlakatimiz öz yetakçisi rahbarligida pirovard maqsadlar sari dadil odimlar bilan borayotganini ifodalab turibdi. Aynan Harakatlar strategiyasi islohotlarni amalga oşirişdagi eng asosiy nuqtalarni belgilab berdi va bunda boş maqsad Özbekiston xalqining, har bir fuqaroning manfaatlarini ta'minlaşdan iborat ekanligini körsatdi.
Yuksak e'tirof, munosib taşabbuslar
Harakatlar strategiyasiga muvofiq, bir yilda röyobga çiqarilgan işlarni faqat sanab ötişning öziga ham yuzlab sahifa kamlik qiladi. Xorijlik ekspertlar Şavkat Mirziyoyevning eng muhim yutuqlari sifatida qöşni mamlakatlar bilan çegara masalalarining hal etilişi, milliy valyuta konvertatsiyasining ta'minlanişi, mamlakatda inson huquqlariga rioya etilişi, öarb OAV va nodavlat notijorat taşkilotlari bilan hamkorlik örnatilganini e'tirof etişmoqda. Özbekiston rahbari qöşni mamlakatlar bilan bir qatorda yaqin va uzoq xorijiy davlatlar, şu jumladan, AQŞ, Yevropa ittifoqi mamlakatlari, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya bilan hamkorlikni faol kengaytirmoqda. Yuqorida sanalgan mamlakatlarning oxirgi uçtasiga davlat taşriflari yakuniga köra, turli loyihalar böyiça umumiy qiymati 50 milliard dollarga yaqin bitimlarga erişildi. Mazkur şartnomalar öz hajmi va mazmuniga köra mislsizdir.
Mamlakatimizga çet el investitsiyalari, ayniqsa, iqtisodiy va valyuta siyosati liberallaştirilişi jarayonida yanada faol jalb qilinayotgani nihoyatda muhimdir. Çunki ilgari şu qulayliklar yöqligi sababli respublikaga sarmoya kiritmoqçi bölganlar bundan oçiqçasiga hayiqişar edi. Mazkur sohadagi islohotlar, qolaversa, biznesni röyxatga oliş, minoritar aksiyadorlarni himoya qiliş, soliqqa tortiş sohasida, elektr ta'minotiga ulaniş böyiça hayotga tatbiq etilgan özgarişlar tufayli Özbekiston Jahon bankining «Biznesni yuritiş — 2018» reytingida 13 poğona kötarilib, 74-örinni egalladi. Jahon bankining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Liliya Burunçikning aytişiça, mamlakatda islohotlarni amalga oşiriş maqsadida hukumat tomonidan qat'iy çoralar körilayapti. Şavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida Özbekiston milliy valyutani erkin konvertatsiya qiliş tizimiga ötiş jarayonida aholi uçun yuzaga kelişi mumkin bölgan salbiy oqibatlarni yumşatiş böyiça barça zarur çorani körganini qayd etdi.
Özbekiston rahbari bir yil davomida nafaqat mamlakatda, balki butun Markaziy Osiyo böylab savdo va biznesni jonlantirişga erişdi. Binobarin, Prezidentning sözlariga köra, mintaqa barqarorlik, izçil taraqqiyot va yaxşi qöşniçilik hududiga aylanişi lozim. Joriy yil boşidan buyon Şavkat Mirziyoyev qöşni mamlakatlar rahbarlari bilan davlat, rasmiy va amaliy taşriflar, xalqaro forumlar doirasida 16 marta uçraşgani ham uşbu ezgu maqsadning amaliy tasdiğidir. Ular bilan telefon orqali muloqotlar soni 20 dan ortdi.
Samarqand şahrida taşkil etilgan «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlaniş va taraqqiyot yölidagi hamkorlik» mavzuidagi xalqaro konferensiya mintaqa davlatlari örtasida aloqalarni mustahkamlaş, siyosiy muloqotlarni kuçaytirişda muhim qadam böldi. Mazkur tadbirda qatnaşgan MDH Ijroiya qömitasi raisi — Ijroçi kotibi Sergey Lebedev Markaziy Osiyoda integratsiya jarayonlarini mustahkamlaş va rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar oçilayotganini ta'kidladi. Uning fikriça, bunga Özbekiston Respublikasining ayni davrdagi taşqi siyosati ham xizmat qilayapti. Bu siyosat mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni kengaytiriş va çuqurlaştiriş, muammoli masalalar yuzasidan oqilona murosaga erişiş, barqaror taraqqiyot uçun keng kölamli şaroitlar yaratiş maqsadini közlaydi.
— Forumda özaro hamkorlik istiqbollarini boşqaça tasavvur qilgan biror kişi topilmasdi, — deb yozgan edi ozarbayjonlik siyosatşunos Ilgar Velizade özining mualliflik sahifasi qismida. — Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nutqi forumning markaziy voqeasi böldi. Davlat rahbari öz nutqida mintaqa oldida turgan olti ustuvor vazifani ta'kidladi. Ularni ayni paytda Özbekiston taşqi siyosatining yaqin istiqboldagi “yöl xaritasi” sifatida ham ta'riflaş mumkin.
Mamlakatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan pragmatik taşqi siyosat, ayniqsa, qöşnilar bilan munosabatni yaxşilaşga qaratilgan sa'y-harakatlar “Uz Kor media group” kompaniyasi muharriri Ço Çol Çyonni Janubiy Koreyada 50 ming nusxada çop etilgan “Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev” nomli kitobni yozişga ilhomlantirdi.
Janubiy koreyalik muallif özbek-qirğiz davlat çegarasi bilan boğliq muammolarning hal etilişi ikki mamlakat xalqlari uçun neçoğli muhimligini alohida qayd etar ekan, Toşkent va Duşanbe şaharlarini boğlaydigan havo yöli qayta yölga qöyilgani, Turkmaniston bilan hamkorlik yangi bosqiçga kötarilganiga alohida urğu beradi.
— Işonçim komilki, Prezident Şavkat Mirziyoyev janoblarining davlat rahbari sifatidagi serqirra faoliyatini qança tahlil qilsang, kam, — deb yozadi Ço Çol Çyon. — Fikrimça, aynan şunday inson xalqaro hamjamiyatning yuksak e'tirofi va jahondagi tinçlikka qöşgan ulkan hissasi uçun Nobel mukofoti sovrindori bölişga munosib. Şu bois Prezident janoblarining faoliyatiga bağişlangan tahliliy asarlarni har yili naşr etib, erişilayotgan yutuqlarni -xalqaro hamjamiyatga keng yoyişdek ulkan maqsadim bor. Ayniqsa, davlat taşrifidan söng Yevropa davlatlari, AQŞ va Xitoydan bu inson haqida ijobiy fikrlarni eşitişga muvaffaq bölib, maqsadim yanada qat'iylaşdi.
Yangi davrning yangi odimlari
Albatta, keyingi bir yilda erişilgan marralar haqida sözlar ekanmiz, Özbekistonda boşlangan yangi davrning öziga xos belgilari, xususiyatlarini aytib ötmaslikning iloji yöq. Bu belgilar “Xalq bilan muloqot” tuşunçasidan kelib -çiqadi.
Yangi qadamning mohiyati “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilişi kerak”, degan tamoyilda öz ifodasini topdi. Hokimiyat va fuqarolar örtasidagi muloqot umuman boşqaça köriniş kasb etdi hamda jamiyatda adolatni qaror toptirib, rahbar va amaldorlarni aholiga yaqinlaştirdi.
Davlat rahbarining Virtual qabulxonasini xorijliklar noyob adolatparvarlik instituti, deb e'tirof etişdi. Bu bejiz emas. Şu paytga qadar unga va Prezidentning barça viloyat, şahar hamda tumanlardagi Xalq qabulxonalariga 1,4 milliondan ziyod murojaatlar kelib tuşdi. Ariza va takliflarning soni hamda mazmuni özbekistonliklar davlat rahbariga va yangi demokratik tamoyillariga mos xalq institutiga naqadar işonişidan dalolat berib turibdi.
Yangi mexanizm yordamida nafaqat yuz minglab odamlarning muammolari hal etildi, balki murojaatlar turli sohalardagi ahvolni örganiş uçun bebaho manba bölib xizmat qilmoqda. Ariza, şikoyat hamda takliflar, şuningdek, davlat rahbarining viloyatlarga taşrifi davomida mahalliy aholi bilan şaxsan ötkazgan uçraşuvlari asosida aniq çora-tadbirlarni işlab çiqiş, tizimli ravişda ahvolni yaxşilaş va kamçiliklarni bartaraf etiş imkoniyati tuğilayapti.
Misol uçun, farzandlarini bolalar boğçasiga joylaştirişda muammoga duç kelgan ota-onalarning köplab murojaatlari tufayli Maktabgaça ta'lim vazirligi taşkil qilindi. Vazirlik maktabgaça ta'lim muassasalarini quriş, jihozlaş, mutaxassislar bilan ta'minlaş uçun mas'uldir.
Yoki bölmasa, yoşlar siyosati masalasini olaylik. Yurtimiz kelajagi bölgan yigit-qizlar yangi taşkil etilgan, katta vakolatlarga ega Özbekiston yoşlar ittifoqi atrofiga birlaşdilar. U yoşlarga fan va ijod sohasidagi iqtidorini röyobga çiqariş, yetakçilik qobiliyatini yanada şakllantirişga kömaklaşadi. Ta'lim tizimida ham tub özgarişlar amalga oşirildi. Bu esa har tomonlama rivojlangan, mehnat bozorida talab katta bölgan kasblarni egallagan, innovatsion tafakkur sohibi bölgan yangi avlod tarbiyasini yuqori bosqiçga olib çiqadi. Şuningdek, farzandlarimizni yot ğoyalar ta'siridan asraşga ham alohida e'tibor qaratilmoqda, buning uçun “Jaholatga qarşi ma'rifat” ğoyasi ilgari surildi. Ahamiyatlisi, uşbu yönalişdagi islohotlar buyuk ajdodlarimizning boy ma'naviy merosiga asoslanmoqda.
Quvonçlisi, kattalarga hurmat ma'nosida ham an'analarga sodiq ekanligimiz közga taşlanayapti. Şu maqsadda faxriylarimizning salomatligi, mazmunli hordiq çiqarişi haqida ğamxörlik uçun mas'ul bölgan taşkilotlarning faoliyati qayta körib çiqildi. Prezidentimizning kuni keça e'lon qilingan Farmoni nogironligi bölgan şaxslarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini tubdan takomillaştirişni közda tutadi. Aholi tomonidan juda köp şikoyatlar tuşgan soğliqni saqlaş, dori vositalari bilan ta'minlaş borasida ham kölamli islohotlar olib borilmoqda.
Hozirgi kungaça dolzarb sanalgan yana bir soha — huquq-tartibot organlari faoliyati ham davlat rahbarining qat'iy nazoratida. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, odamlar özini qiynagan muammosi bilan, eng avvalo, içki işlar organlariga, profilaktika inspektorlariga murojaat qiladigan va har bir xodimda öz himoyaçisini köra oladigan bölişi kerak. Xuddi şunday adolatli talab boşqa barça sohaning har bir böğinida işlayotgan rahbar hamda mas'ul xodimga ham tegişlidir. Yangiça yondaşuvlar asosida işlaş, oddiy odamlarning taşvişi bilan yaşaş, topşirilgan vazifani bajarişda javobgarlikni his qilib, fidoyilik namunasini körsatiş bugungi kunda har qanday faoliyatning boş mezonidir, deydi davlatimiz rahbari.
Prezident saylovidan keyin ötgan bir yil şu qadar boy va sermahsul böldiki, röy bergan yangilanişlarni bir maqolada sanab ötişning imkoni yöq. Xayrli taşabbuslar xalqimizni ezgu maqsadlarga, bunyodkorlikka yetaklayapti. ğayratiga ğayrat, kuçiga kuç qöşmoqda. Ötkazilgan tadqiqot hamda sörovlar ham Prezidentimizga bölgan yuksak işonçni tasdiqlayotgani ertangi kunga bölgan qudratli işonçning aniq ifodasidir. “Ijtimoiy fikr” jamoatçilik fikrini örganiş markazi taşkil etgan sörov qatnaşçilari davlat rahbari orzu-umidlarini oqlaganini ta'kidlab, şu orqali katta obro‘-e'tibor topgani va xalq hurmatini qozonganini, mamlakatimizning çinakam Yölboşçisi bölganini e'tirof etişmoqda. Bu yil nihoyasiga yaqinlaşmoqda. Muhimi, könglimiz tinç va xotirjam, közlarimizda qat'iyat, yuragimizda şiddat. Bu esa xalqiga hamda Vataniga sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilayotgan Prezidentimiz bilan birga yorqin kelajak sari dadil qadam taşlaşimizda muhim omil bölayapti.