Qaşqadaryo viloyatida 500 ming aholiga möljallangan Yangi Qarşi şahri barpo etiladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev viloyatga taşrifi davomidagi yiğilişda maʼlum qildi.
Davlat rahbariga köra, Yangi Qarşi şahri – Qarşi şahri, Kökdala va Qarşi tumani çegarasida, 5 ming gektar maydonda, 500 ming aholiga möljallab quriladi.
Qarşi tumanidagi kanal böyida esa 235 gektarlik “Yangi Nasaf” ekomajmuasining qurilişi boşlanadi.
“Nufuzli arxitektura kompaniyalari jalb etilib, ikki oyda ilğor şaharsozlik yeçimlarini qamrab olgan boş reja işlab çiqiladi. Uni tayyorlaş uçun dastlab 20 milliard söm ajratiladi. Yangi hududlarda köp qavatli binolar, savdo va biznes markazlari, uy-joylar “yaşil” va “aqlli” şahar tamoyillari asosida quriladi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilişiça, viloyatda köçat ekiş va yaşil hududlarni köpaytiriş böyiça ham “Qaşqadaryo tajribasi” yaratiladi. Har yili Navröz arafasida “Eng yaşil mahalla” tanlovi ötkazilib, ğoliblar elektromobil hamda boşqa qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi.

Turizm
Şavkat Mirziyoyevning sözlariga köra, Qaşqadaryoga yiliga 6 million turist jalb qiliş uçun barça imkoniyat bor. Yil boşidan viloyatga 2,5 million sayyoh kelgan, birgina Ğelon qişloğiga taşrif buyurganlar soni 500 mingga yetgan.
Tatariston bilan hamkorlikda Ğelondagi toğ-çanği kurortining birinçi bosqiçini kelasi yil işga tuşiriş rejalaştirilgan. Tabiati bilan Ğelonga öxşaş Çiroqçidagi Tarağay, Kitobdagi Başir va Yakkaboğdagi Tatar qişloqlarini ham etnoturizm markazlariga aylantiriş imkoniyatlari bor. Şahrisabz tumanidagi Sayyod va Suvtuşar qişloqlarida toğ daryolari negizida rafting va sport turizmini rivojlantiriş mumkin.
Mutasaddilarga uşbu olti qişloq böyiça bir oyda master-reja tayyorlab, 1-martdan 50 million dollarlik loyihalarni boşlaş topşirildi.
Şuningdek, har bahor Ğuzorda “Lola va kabob”, Kökdalada “Çiyal yaxna” gastronomik festivallarini ötkaziş yölga qöyiladi.












