Oliy ta'lim muassasasida tahsil olayotgan ayrim talabalarni konspekt nega kerakligi, bu yoki u fanni nega örganiş kerakligi, taşqi köriniş nega ta'lim jarayoniga ta'sir qilişi haqidagi savollar qiynaydi.
OTM rahbariyati bunday vaziyatda köp takrorlangan vajlarni keltiradi: bular darsni yaxşi özlaştiriş va bilimlarni mustahkamlaş, tartib-intizom uçun joriy etilgan.
Ammo Toşkent davlat yuridik universitetida ta'lim muhiti, rahbariyatning talabalar söroviga munosabati boşqaça. Quyida TDYuU tajribasidan örganiş mumkin bölgan holatlarni keltirib ötmoqçiman.
«Sizga til könikmasi kerak»
Rektordan tortib universitetning oddiy xodimigaça talabalar bilan oçiq muloqot qilişga intiladi. Töğri, kamçilik, qörs munosabat hamma jabhada uçraydi, lekin talabalari bilan erkin suhbatni istagan rahbariyatga tasanno deyman. Talabalar bilan uçraşgan rahbariyat vakiliga köra, universitetning har bir a'zosi xorijiy til könikmasini mustahkamlaşi lozim.
«Rus va ingliz tilini bilişingiz şart, undan ortiğiga intilsangiz, faqat xursand bölaman. "Til könikmasi universitet talabasiga nega kerak?",-deyişingiz mumkin. Oddiy misollar bilan aytaman. Istaymizmi, yöqmi, universitet mehnat bozoridagi raqobatga turib bera oladigan salohiyatli kadrlarni tayyorlaşi lozim. Bugun kompaniyalar alohida tarjimon yo tilmoçga pul sarflaşmayapti, ular barça xodimlarining til könikmasi yuqori bölişini istaydi. Tabiiyki, aynan şu xodimga yuqori maoş tölaydi.
Ikkinçidan, til bilgan talaba kelgusi ta'limni xorijda davom ettirişi, örgangan bilimini Özbekistonda qöllaşi mumkin. Ayniqsa, yuridik sohada çet el tajribasini örganiş muhim vazifa hisoblanadi. Bundan taşqari, bugun puxta ta'lim olişingiz uçun xorijiy tilda çop etilgan adabiyotlar bilan taniş bölişingiz kerak. Yaşirmayman — özbek tilidagi köplab adabiyotlar xorijiy tildagi ana şu adabiyotlar asosida yoziladi. Şu tufayli, birinça manba tilida ma'lumot olişga intiling», — deydi universitet rahbariyati talabalar bilan uçraşuvda.
Konspekt kerakmi?
Uçraşuvda talabalardan biri «an'anaviy» savolni aytdi: nega muallim konspekt talab qiladi? Javob esa men kutganday bölmadi, ya'ni rahbariyat talabaning manfaatida «konspekt masalasi»ga javob qaytardi.
«Men ham hayronman, agar talaba bilim va könikmalari konspekt orqali mustahkamlanişini his etmasa, qolaversa, bu haqda uning özi aytib tursa, konspekt nega kerak? Biz uşbu masalani bir neça marta Ilmiy kengaş yiğilişida ham kötardik. Öqituvçilarga qat'iy talab qöydik: talabaning konspekti bölişi kerak, degan masala bölişi mumkin emas», — deydi vakil.








