Toşkent tumani hokimi örinbosari tezkor tadbirda qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, tuman hokimi örinbosari tadbirkorga quriliş texnologiyalari va kompozit eşiklar işlab çiqariş sanoat majmuasi taşkil etişi uçun hokimlik balansida bölgan 1 gektar yer maydonini auksion savdolarga çiqarib, olib beriş evaziga 25 ming dollari talab qilgan. U bu işni davlat aktivlarini boşqariş tizimidagi tanişlari orqali amalga oşirişini aytgan.

DXX Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda hokim örinbosari söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Holat yuzasidan hokim örinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “g” bandi hamda 28,211-moddasi (pora beriş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.