Bugun, 26 sentabrdan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga kiriş test sinovlari boşlandi. Imtihon 29 sentabrgaça davom etadi.

Kollej va texnikum imtihonlarini ham Bilim va malakalarni baholaş agentligi ötkazadi. Imtihon xuddi bakalavriatga kiriş sinovlariga öxşaş tarzda 5 ta fandan ötkaziladi. Baholaş tizimi ham bir xil: maksimal ball – 189.

Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barça test topşiruvçilar uçun majburiy bölgan 3 ta fan (ona tili, matematika, Özbekiston tarixi)dan ötkaziladi.

Kun.uz tahririyatiga professional ta’lim muassasalariga hujjat topşirgan abituriyentdan murojaat kelib tuşdi. Unda aytilişiça, murojaatçi professional ta’lim muassasiga hujjat topşirayotgan paytida “OTMga kiriş imtihonida töplagan ballingizdan foydalanasizmi?” degan savol bölgan. Va bu savolga faqat “Ha” yoki “Yöq” deb javob beriş imkoni bölgan. Abituriyent “Ha” javobini tanlagan, imtihonlar sanasi aniq bölib şaxsiy kabinetidan ruxsatnomasini yuklab olmoqçi bölganda unga “Siz OTMning kiriş imtihonida töplagan ballingiz bilan professional ta’lim muassasalariga tanlovda qatnaşişni tanlagansiz. Şuning uçun imtihonda qatnaşmaysiz”, degan mazmundagi yozuv çiqqan va ruxsatnoma çiqmagan.

Murojaatçiga köra, agar abituriyent oldingi imtihonda töplagan balli bilan tanlovda qatnaşişni tanlasa, u kollej/texnikumlar imtihonida qatnaşmasligi haqida ogohlantirilişi kerak edi. Murojaatçi “Ha”ni tanlagan payti ogohlantirilmagani uçun kollej/texnikumlarning imtihonida ham qatnaşaman deb öylagan.

Kun.uz bu savol bilan Bilimlarni baholaş agentligiga murojaat qildi. Agentlikdan izoh berilişiça, imtihon tizimi va baholaş mezonlari ham bir xil bölgani uçun abituriyentlarga OTMning kiriş imtihonida töplagan balli bilan kollej,texnikumlarning kiriş imtihonida ham qatnaşişlariga ruxsat beriladi. Kollej, texnikumlarga imtihon sentabrda ötkazilayotgan bölsa, bakalavriat imtihonlari avgust oyida ötkazilgandi.

Bu tartib qonunçilikda ham belgilab qöyilgan. Hukumat qaroriga köra, texnikumlarga joriy yilda OTMning bakalavriat ta’lim yönalişlariga öqişga kiriş uçun test sinovlarida iştirok etib, tegişli ball töplagan abituriyentlarga texnikumlardagi kasblar va mutaxassisliklarning test fanlari majmuasi hamda ketma-ketligi mos kelganda töplagan balli bilan tanlovda iştirok etiş huquqi beriladi.