Uçta xorijiy davlat investorlari UzAuto Motors kompaniyasini sotib olişga qiziqiş bildirdi. Bu haqda 8-oktabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Sohibjon Murodov maʼlum qildi, deya xabar berdi Kun.uz muxbiri.

Davaktiv rahbarining taʼkidlaşiça, UzAuto Motors va UzAuto Powertrain korxonalarini xususiylaştiriş böyiça amaliy işlar ikki yil oldin boşlangan va Alvarez & Marsal xalqaro konsalting kompaniyasi tanlov asosida jalb etilgan. Bu uşbu kompaniyaning dunyo avtosanoatida yirik bitimlarni imzolaşdagi iştiroki hamda tajribali mutaxassislarga egaligi bilan izohlandi.

«Bugungi kunda bizga takliflar kelib tuşyapti. AQŞ, Janubiy Koreya va Xitoydan investorlar qiziqiş bildirgan. Ammo, bu qiziqişlar muayyan kompaniyaga aktiv sotilişi haqida qaror qabul qilinganini anglatmaydi. Bunaqa signal ketmasligi kerak, çunki raqobatga salbiy taʼsir qilişi mumkin. Oçiq, xalqaro savdo ötkazamiz», dedi Murodov.

Uning qöşimça qilişiça, savdolarni taşkil etişga qaratilgan ssenariy işlab çiqilyapti. Keyingi bosqiçda xalqaro konsultant tanlanadi, aktivlar xalqaro darajada baholanadi va audit ötkaziladi. Şundan söng xalqaro va mahalliy OAV orqali investorlar uçun takliflar eʼlon qilinadi.

Maʼlumot uçun, 2025-yilning aprel oyidagi prezident qarorida yil yakunigaça, UzAuto Motors (99,7 foiz) va UzAuto Powertrain’(100 foiz)ni xususiylaştiriş böyiça xalqaro konsultantlarni jalb etiş közda tutilgandi. 2026-yilning birinçi çoragida esa ommaviy savdolar eʼlon qilinişi kerak bölgan. Ammo jarayon nomaʼlum sabablarga köra keçiktirildi.

Avgust oyida qabul qilingan 2026-yil uçun möljallangan xususiylaştiriş dasturida ham uşbu ikki kompaniyadagi davlat uluşlarini sotişni tezlaştiriş belgilangandi. Yaqin tört oy içida kompaniyalarning investitsion, işlab çiqariş va moliyaviy holati böyiça materiallar tayyorlanişi kerak.

«Özavtosanoat» va General Motors örtasidagi bitim 2017-yilning oktabr oyida 10 yil muddatga imzolangan. Kelişuv doirasida UzAuto Motors GM modellarini işlab çiqariş litsenziyasi, Chevrolet brendi va texnologiyalaridan foydalaniş imkoniyatiga ega bölgan. Mazkur kelişuvning amal qiliş muddati 2027-yilda tugaydi. Şu jihatdan ehtimoliy xaridor Amerika kompaniyasi bilan birga işlaydigan taşkilotlardan biri bölişi mumkinligi taxmin qilindi.

Şundan söng, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi UzAuto Motors’ni xususiylaştiriş oçiq va raqobat asosida amalga oşirilişiga urğu berib, General Motors kompaniyasiga aktivni sotib oliş uçun imtiyoz yoki ustuvor huquq berilmasligini