Hafta davomida kutilayotgan ob-havo bilan iqlimşunos Erkin Abdulahatov taniştiradi.
Qişloq xöjaligiga taʼsir. Hafta boşidagi soviş, ayniqsa toğ va toğoldi hududlarda, çorvaçilik uçun mavsumiy şaroitning özgarganidan darak beradi. Tungi haroratning +3…+8 darajagaça pasayişi çorva mollarini oçiq yaylovlarda saqlaş şaroitini qiyinlaştirişi mumkin. Şu bois baland toğlarda çorva mollarini pastroq hududlarga tuşiriş, yomğirli kunlarda ularni nam va sovuqdan himoya qiliş muhim. Yoğingarçilik esa tuproq namligini tiklaş va kuzgi ekinlar uçun foydali bölişi mumkin. Biroq toğlarda yoğinning köp bölişi ayrim joylarda tuproq eroziyasi va sel xavfini ham oşirişi mumkin. Dam oliş kunlarida haroratning yana +30…+32 darajaga kötarilişi esa namlik şaroiti va ösimliklarning suvga bölgan ehtiyojini yana özgartiradi.
Aholi salomatligiga taʼsir. Hafta boşidagi salqinlikdan keyin qisqa muddatda issiq ob-havoga qaytiş organizm uçun yana sinov böladi. Ayniqsa bolalar, keksalar, yurak-qon tomir va nafas yöllari kasalliklari bor kişilarni ehtiyot qiliş, ertalab-keçki salqinlik va kunduzgi iliqlik örtasidagi farqni hisobga oliş kerak. Toşkent va Farğona vodiysida antitsiklon taʼsirida şamol susayib, havo almaşinuvi çeklangan paytlarda havo sifati ham yomonlaşişi mumkin. Umuman, bu haftada aholi va qişloq xöjaligi uçun asosiy meteorologik omil sovuq, yoğingarçilik va issiqlikning qisqa vaqtda bir-biri bilan almaşişi böladi.









