Prezident elektr energiyasi quvvatini oshirish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlashga ko‘rsatma berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni yoshlar, sport, sog‘liqni saqlash, elektr energiyasi sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotda elektr energiyasi quvvatlarini kengaytirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.
Shu yil 25 yanvar kuni Markaziy Osiyo mintaqasi elektr ta’minotida texnik uzilish sodir bo‘lgan, bu barcha elektr stansiyalarga ta’sir qilib, favqulodda vaziyat yuzaga kelgandi.
«Bunga bir qancha sabablar bor. Jumladan, yagona energetika tizimi 220-500 kilovoltli magistral elektr tarmoqlar orqali to‘liq halqalashtirilmagan. Shimoli-G‘arbiy va Janubi-G‘arbiy energouzelning asosiy qismida 500 kilovoltli tarmoqlar yo‘q. Ba’zi magistral tarmoqlar qo‘shni davlatlar hududi orqali o‘tgan.
Shu bois, mamlakatimizda 500-750 kilovoltli tarmoqlarni qurish orqali yagona halqa tizimini hosil qilish rejalashtirilmoqda. Xususan, 2026 yilga borib, jami generatsiya quvvatlarini 27 ming 400 megavattga, yillik ishlab chiqarish hajmini 110 milliard kilovatt soatga yetkazish mo‘ljallangan. Shunda yurtimizning barcha hududlari 500-750 kilovoltli tarmoqlar orqali mustahkam bog‘lanadi va bir butun tizim yaratiladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Prezident elektr energiyasi tizimini isloh qilish, qo‘shni davlatlar bilan sohadagi hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirish zarurligini ta’kidlagan. Elektr energiyasi quvvatlarini oshirish hamda uni yetkazib berishni avtomatlashtirish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlashga ko‘rsatma berilgan.
«Bundan asosiy maqsad elektr energiyasi tizimini barqaror qilib, xavfsizligini mustahkamlash, xalqimizni bu muhim manba bilan uzluksiz ta’minlashdir», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik 17 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki
Iqtisodiyot | 18:12 / 07.03.2025
Tramp vakillari Zelenskiyning siyosiy raqiblari bilan yashirincha uchrashgan
Jahon | 15:30 / 07.03.2025
AQShning Kiyevga harbiy yordami to‘xtatilishi - bu ukrain armiyasi uchun nimani anglatadi?
Jahon | 18:17 / 06.03.2025
WizzAir O‘zbekistonga amalga oshiradigan reyslarida o‘zbek tilida ham xizmat ko‘rsatadi
O‘zbekiston | 14:01 / 06.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda
Jahon | 19:40
-
Apple eng kutilgan yangi mahsulotini chiqarishni kechiktirdi
Fan-texnika | 19:09
-
Oyga yana bir xususiy kompaniya kosmik apparati qo‘ndi. Ammo missiya 24 soatga bormay yakunlandi
Jahon | 19:06
-
O‘zbekiston terrorizm tahdidi past bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi
O‘zbekiston | 18:54
Mavzuga oid

14:14 / 26.02.2025
Chilida butun mamlakat bo‘ylab blekaut yuz berdi

19:30 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi

13:48 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi

09:16 / 10.02.2025