“Korrupsiyaga qarşi murosasiz munosabatda böliş muhitini yaratiş, davlat va jamiyat boşqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytiriş va bunda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma'lum qildi.
Farmonga köra, 2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatçilari, davlat uluşi 50 foizdan yuqori taşkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va örinbosarlari, ularning turmuş örtoği va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qiliş tizimi joriy etiladi.
Deklaratsiyani berişdan boş tortiş va qasddan notöğri ma'lumotlarni kiritiş uni davlat xizmatidan çetlaştirişga va javobgarlikka sabab böladi.
2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatçilariga xorijda bank hisobraqamlarini oçiş, naqd pul mablağlarini saqlaş va boşqa mol-mulkka ega böliş taqiqlanadi.
“Davlat xizmatçilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qiliş töğrisida” va “Manfaatlar töqnaşuvini tartibga soliş töğrisida” qonun loyihalari işlab çiqiladi.
Mansabdorning öz şaxsiy manfaati majburiyatlarini obektiv va xolis bajarişiga ta'sir körsatuvçi yoki ta'sir körsatişi mumkin bölgan vaziyatlar manfaatlar töqnaşuvi hisoblanadi.
Manfaatlar töqnaşuvini oşkor qiliş va oldini oliş böyiça çora körmaganlik javobgarlikni keltirib çiqaradi.
Farmon asosida:
- daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalaşda aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uçun javobgarlik örnatiladi;
- Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvçi moddalarning aniq röyxati belgilanadi;
- korrupsiyaviy jinoyatlarga jazo uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qiliş jazo çorasigaça keskin kuçaytiriladi;
- korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etganlarga yengillaştiruvçi normalar qöllanilişiga çeklovlar belgilanadi.


















