Flydubai aviakompaniyasining Dubaydan Isroil poytaxti Tel-Avivga uçgan yölovçi samolyoti bortida favqulodda holat röy berdi.

Bortida 174 yölovçi, jumladan, 27 nafar bola bölgan uşbu samolyot Iordaniya osmonida harakatlanayotganida yerga qölga olişga uriniş haqida signal yuborilgan. Isroil hukumati samolyot uçuvçilari bilan boğlana olmagan va qiruvçi samolyotlarini havoga kötargan.

Keyinroq samolyot uçuvçilari özaro muştlaşib ketgani, ikkinçi uçuvçi samolyot boşqaruvini qölga oliş uçun kema komandiriga hujum qilgani maʼlum böldi. Uçuvçilar kabinasidagi şovqindan keyin yölovçilar kabinaga bostirib kirişgan va ikkinçi uçuvçini zararsizlantirişgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda samolyot bortidan olingan kadrlar tarqalmoqda. Suratlardan birida hujum qilgan uçuvçini zararsizlantirgan yölovçilardan birining kiyimlari qonga belanganini köriş mumkin.

Manbalarga köra, bortda komandirovkaga ketayotgan va fuqarolik kiyimidagi uçuvçilar bölişgan. Aynan ular samolyot boşqaruvini qölga olib, uni Saudiya Arabistonining Tobuk şahriga qöndirişgan.

Birinçi uçuvçi huşsiz holda şifoxonaga olib ketilgan. Ikkinçi uçuvçi söroq qilinmoqda. Isroil yölovçilarni Tel-Avivga olib ketiş uçun boşqa samolyot yuborgan.

Avvaliga ijtimoiy tarmoqlarda uçuvçilardan biri Rossiya, ikkinçisi Ukraina fuqarosi ekani haqidagi xabar tarqalgandi. Ammo köp ötmay Isroildagi naşrlar bu maʼlumotni rad etib çiqdi. Maʼlum bölişiça, BAA fuqarosi hisoblangan asosiy uçuvçiga hujum qilgan uçuvçi Ömon fuqarosi bölgan. Uning motivi hozirça aniq emas.

Isroil hukumati terakt versiyasini körib çiqmoqda. Şuningdek, ikkinçi uçuvçi samolyotni qulatiş orqali öz joniga qasd qilmoqçi bölgani taxmin qilinmoqda.