17-oktabr kuni Toşkentdagi Brasserie Park restorani xodimining kuryerga nisbatan qöpol munosabati jamoatçilik muhokamalariga sabab böldi. Kuryer bu yerda piyodalar yölagidan ötgan. Yölak esa restoran tomonidan noqonuniy tarzda egallab olingan.
«Xohlasang bitta şapaloq ham qöyib yuboraman. Xohlaysanmi? Telefon bilan qörqitaman deb öylayapsanmi? Farosatni işlat, miyani işlatsang böladi-ku, bu yerda odamlar ovqatlanib ötirişibdi. Sen esa skuterda kelyapsan. Senga ğalati bölmaydimi? Savolimga javob ber, men tilimga javob beraman sökkanimga.
Tuşib keliş kerak, qanaqa qilib restoranning örtasidan ötib kelasan-u, körmaysan! Kör böliş kerak bu uçun! Ha, psixman! Yana savoling bormi? Böldi, yaxşilikça ket, men seni «spokoyno» qöyib yuborayotganimda, hozir butunligingça ketayotganingda. … yeysan! Tuşundingmi?» degan xodim kuryerga qarata.
Atrofdagilar voqeani tasvirga olayotgan kuryerni jim ketişga undaşgan. Videoni ijtimoiy tarmoqda tarqatiş «terpilalik» ekanligini aytişgan.
Piyodalar yölagidan foydalaniş talablarining buzilişi va holat yuzasidan Brasserie maʼmuriyati izoh berişni istamadi. Voqea iştirokçisi bölgan kuryer Munir Yakubov voqeaga guvoh bölganlar ham uning yonini olişmaganini aytdi:
«Restorandan buyurtmani olib yarim yölga yetganimda meni töxtatişdi. U yerdan ötiş mumkin ekan, ketayotgandim, bir kişi sökib ketdi. Agar xuşmuomalalik bilan tuşuntirganda indamasdan ketgan bölardim.
Keyin biror yonimni oladigan odam kelarmikin desam, kuryerlar odam emas ekan-da. Yonimizda turgan odamlar ham uning yonini olişdi. Meni sökayotgan odamga heç kim «bu yoş bola, unaqa sökib taşlama. Seniyam bolang bor», demadi. Odamlardan xafa bölib ketdim. Heç kim yonimni olmadi.
Biz odamlar yuradigan joydan yurişga majburmiz. Çunki yölga çiqiş uçun prava kerak. Biz elektr velosipedda yuramiz 25 tezlikda. Odamlar kuryerlarni odamday his qilişmayapti», deydi u.
Bu voqeadan keyin Toşkent şahar hokimligi tekşiruv ötkazdi. Unda hududdan foydalaniş talablari, jumladan piyodalarning erkin harakatlanişini taʼminlaş qoidalari buzilgani aniqlangan. Şundan söng restoranning yozgi maydonçasi olib taşlanib, yölak qonunçilik talablariga muvofiqlaştirilgan. Aytiş kerakki, yölak piyodalar uçun yerosti ötiş yöliga ulanib ketgan.
Mazkur mojaro böyiça restoran vakiliga nisbatan ham çora körildi. Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudining qarori bilan unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.







