A ligasi, 3-guruh

Keynning xatosi qimmatga tuşdi

Angliya – Ispaniya 2:3
Gollar: Yamal, 2 (0:1). Gordon, 36 (1:1). Keyn, 40 (2:1). Baena, 60 (2:2). Oyyarsabal, 74 (2:3)
Aniq ijro etilmagan penalti: Keyn, 54’
Angliya: Trafford, Konsa, Geyi (Brantueyt, 89), ÖRayli, Kuansa, Anderson, Lyuis-Skelli (Rodjers, 70), Bellinghem, Gordon (Garner, 70), Saka (Gibbs-Uayt, 83), Keyn (Kalvert-Lyuin, 83)
Ispaniya: Simon, Lyaport, Kubarsi, Kukurelya, Pubil, Ruis (Pedri, 70), Rodri, Olmo (Merino, 82), Uilyams (Baena, 55), Yamal, Torres (Oyyarsabal, 55)
Ogohlantirişlar: ÖRayli, 67. Geyi, 69. Bellinghem, 81

Ispaniya Angliyaga qarşi keçgan yorqin öyinda ğalabani öz tomoniga oğdira oldi. Amaldagi jahon çempionlari 2-daqiqadayoq hisobni oçişdi: «Siti» himoyaçisi Mark Geyi qöpol xatoga yöl qöydi va Lamin Yamal bundan foydalandi.

Bu ispanlar uçun rasmiy öyinlarda 2005-yil oktabridan buyon urilgan eng tezkor gol böldi, öşanda Antonio Lopes JÇ-2006 saralaşi doirasida San-Marino darvozasini 53-daqiqada işğol etgandi. Bu şuningdek «Uembli»da mehmon jamoalar 1957-yildan buyon urgan eng tezkor gol böldi, öşanda şotlandiyalik Tommi Ring Angliyaga qarşi öyinning 1-daqiqasida hisobni oçgandi.

Köp ötmay Ferran Torres ham gol urdi, ammo u ofsaydda qolgani maʼlum böldi. Tanaffus arafasida esa inglizlar öyinni kuçaytirişdi: 36-daqiqada avvaliga Entoni Gordon hisobni tenglaştirdi, tört daqiqa ötib Harri Keyn jamoasini oldinga olib çiqdi.

Ikkinçi bölim boşida Angliya oradagi töp farqini oşirib qöyişi mumkin edi. Jud Bellinghem jarima maydoni içida Rodri bilan kontaktdan keyin yiqildi. Öyin boş hakami Davide Massa avvaliga folni qayd etmagandi, keyin esa VAR aralaşuvi bilan penalti belgilandi.

Ammo zarba beriş çoğida Keyn toyib ketdi, töp esa tösinga uçib bordi.

photo_2026-09-27_12-09-03
photo_2026-09-27_12-09-17

Bu öyinning hal qiluvçi lahzasi edi, öyinda intrigani saqlab qolgan ispanlar yana ikkita gol urişdi. Keynning muvaffaqiyatsiz zarbasidan beş daqiqa ötib zaxiradan öyinga qöşilgan Aleks Baena hisobni tenglaştirdi. Zaxiradan tuşgan yana bir futbolçi Mikel Oyarsabal 74-daqiqada ğalaba golini urdi – 3:2.