Prezident Şavkat Mirziyoyev öqituvçilar bilan uçraşuvda sönggi yillardagi islohotlar natijasi öquvçilarning yutuqlarida namoyon bölayotganini qayd etdi. PISA reytingida 15 yoşli öquvçilar tabiiy fanlar böyiça 32 poğona yuqorilab, 48-örinni egallagan. Şu yilning özida yoşlar nufuzli olimpiadalarda 228 ta medalga sazovor bölgan. Maktab davridayoq xorijiy til va fanlardan sertifikat olgan öquvçilar soni 100 ming nafarga yetgan.

Pedagoglarni qöllab-quvvatlaş ham öz samarasini bermoqda. Xalqaro va milliy sertifikatga ega öqituvçilar soni beş yilda 29 mingdan 143 mingga oşdi, maktablarda öqituvçi yetişmasligi uç barobar kamaydi. Bugun 40 ming muallim 1 ming dollardan, yana 1,5 ming nafari 2 ming dollardan yuqori maoş olmoqda. «Yil öqituvçisi» tanlovi boğça tarbiyaçilari va texnikum ustalarini ham qamrab olişi taklif etildi.

Kelgusi vazifalarga töxtalar ekan, prezident maktab bitiruvçisi katta hayotga kasb va xorijiy tilni egallab çiqişi zarurligini taʼkidladi. Maktab direktorlariga bu borada qöşimça vakolatlar beriladi, hamkorlikka tayyor tadbirkorlar uçun şaroit yaratiladi. Yoşlarni maktabdanoq kasbga tayyorlaş va taʼlim bosqiçlari örtasidagi uzviylikni taʼminlaş böyiça komissiya tuzilib, uç oy içida yangi yeçimlar eʼlon qilinadi.

photo_2026-09-30_16-44-45

Iqtisodiyotning texnologik rivoji uçun matematika, fizika, kimyo va biologiyani çuqur öqitişga alohida eʼtibor qaratiladi. Öquvçilar soni 25 nafardan oşgan sinflarda uşbu fanlar ikki guruhga bölib öqitiladi. Milliy sertifikatga ega öqituvçilarga 50 foiz ustama tölanadi, har yili 208 ta tuman va şahardagi yetakçi muallimlarga mukofot beriladi, ming nafar pedagog xorijda stajirovka ötaydi.

Kamida 15 yillik stajga ega pedagoglarning farzandlariga oliygoh kontrakti uçun foizsiz kredit ajratiladi. Xorijiy va milliy sertifikat olgan muallimlarning imtihon xarajatlari töliq qoplanadi.

Xorazmiy, Farğoniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev nomidagi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar ğoliblarini tayyorlagan pedagoglar töğridan töğri oliy toifa oladi. Prezident uşbu taşabbuslar qariyb 100 ming öqituvçiga munosib rağbat bölişiga işonç bildirdi.

Özbekistonda endi boşlanğiç sinf öquvçilari uçun ham fan olimpiadalari yölga qöyiladi.

Unga köra, kelasi yildan 4-sinflar olimpiadasining tuman bosqiçida ğolib bölgan bolalar kompyuter oladi. Ularning