Agrar davlatdan katta tezlikda sanoatlaşuvga erişgan, elektr quvvati böyiça AQŞni ortda qoldirib dunyo yetakçisiga aylangan Xitoyning muvaffaqiyat tarixi – bu ölkaning bir neçta şaharlarida bölib qaytgan Kun.uz muxbiri nigohida. Xitoyda elektr energiyasi narxi qança, u yerda ham svet öçadimi? Reportajda şu kabi savollarga ham javob topasiz.

Qişloq xöjaligidan sanoatga...

Özining uzoq tarixi davomida an’anaviy ravişda qişloq xöjaligi mamlakati bölgan Xitoy 1950 yildan boşlab oğir sanoatni rivojlantirişga alohida e’tibor bera boşladi. Mamlakatda ijtimoiy tajribalar bir qator muvaffaqiyatsizliklarni yuzaga keltirgan bölsa-da, şunga yaraşa rivojlaniş ham yuqori sur’atda ösib bordi.

1976 yildan boşlab mamlakatda faol iqtisodiy ösiş boşlandi. Savdo-sotiq, bordi-keldi avj olayotgan dengizga tutaş port hududlar, keskin oşib borayotgan aholi soni, şaharlarning sanoatlaşişi, qişloq joylarini jadal elektrlaştiriş va örta sinf hayotining farovonlaşuvi ham yanada köproq elektr energiyasi iste’moli, degani edi.

Keyingi 20-25 yillarda Xitoyda nisbatan past energiya iste’moli mavjud bölib, u asosan içki resurslar hisobidan, ya’ni kömir bilan yoqiladigan issiqlik elektr stansiyalari hisobiga qondirilardi.

Rivojlaniş yölini maqsad qilgan Xitoy uni kelajakda kutayotgan elektr ehtiyojlariga tayyor turişi kerak edi. 1995-2005 yillar orasida energiya quvvati 66 GWdan 622 GW, ya’ni 10 baravarga oşdi.

Bu orada boşqa muqobil energiya manbalari sifatida kömirga qöşimça gidroenergetika va atom energiyasidan foydalaniş ortidan mamlakatda işlab çiqarilgan quvvat 2008 yilda 797 GWni, 2010 yil oxirig a kelib esa 950 GWni taşkil etdi.

Aytiş joizki, Xitoy yadro dasturi ötgan asrning 50-yillarida harbiy maqsadlarda işga tuşirilgan. 1964 yilda birinçi yadroviy qurol sinovlari bölib ötgaç, 1970 yilda Şanxayda Yadro muhandisligi ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti taşkil etildi. Uşbu voqea Xitoyda atom energiyasidan tinç maqsadlarda foydalanişning boşlanğiç nuqtasi böldi va birinçi atom elektr stansiyasi 1985-1991 yillarda Tsinşanda qurildi.