AQŞ prezidenti Donald Tramp yakşanba kuni keçqurun Oq uyda Anthropic (Claude AI) kompaniyasining hammuassisi va boş direktori Dario Amodey bilan xususiy keçki ovqat uyuştirdi. Uçraşuv sunʼiy intellekt (SI) rivojini sekinlaştiriş haqidagi qizğin bahslar va kompaniyaning Pentagon bilan davom etayotgan nizosi fonida bölib ötdi. Uçraşuv natijalari hozirça oşkor qilinmagan.
Ilk yakkama-yakka uçraşuv
Keçki ovqat haqida dastlab Axios naşri xabar bergandi. Keyinroq uni Trampning özi tasdiqladi. Prezident Endryus harbiy bazasiga qaytgaç, jurnalistlarga Amodey bilan ovqatlanişini aytdi va uni «juda hurmatli» inson deb atadi. New York Times'ga köra, bu ikki rahbarning ilk yakkama-yakka uçraşuvi böldi. Oq uy rasmiysi esa Amerika superintellekt sohasida dunyoga yetakçilik qilişini va bunda isteʼmolçilarni himoya qilişini taʼkidladi. Oq uy ham, Anthropic ham naşrga izoh bermagan.
Ötgan hafta Tramp Xitoy raisi Si Jinping şarafiga ziyofat berib, Amerikadagi deyarli barça IT va AI gigantlari rahbarlarini taklif qilgandi. Axios'ga köra, aynan Amodey boşqa rejasi sababli tadbirga kelolmagan va Tramp keyin uni şaxsan taklif qilgan. Forbes esa Amodey taklif etilganlar röyxatida umuman bölmaganini yozdi.

Seşanba kuni prezident Tramp – Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson bilan birga yetakçi SI kompaniyalari rahbarlarini qabul qiladi. Tadbirda amerikaliklarga federal maʼlumotlardan foydalanişda yordam beradigan yangi hukumat sayti taqdim etiladi. Times'ning eʼtibor qaratişiça, Oq uy maʼmuriyati SI xavflari borasidagi xavotirlar fonida texnologiya rahbarlari bilan uçraşuvlarga tobora köproq eʼtibor qaratmoqda.
Sekinlaştiriş çaqiriği
Uçraşuv oldidan keskinlik sentabr boşida, SI xavfsizligi haqidagi bahs keng jamoatçilik muhokamasiga çiqqanidan keyin kuçaydi












