Toşkent viloyati IIBBning Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari ötkazgan tezkor-qidiruv tadbirida köp qavatli uyning törtinçi qavatida taşkil etilgan noqonuniy qönğiroqlar markazi foş etilgan. Idora uşbu markazni «kiberbunker» deb atagan.

IIBB xabariga köra, Farğona viloyatida yaşovçi, 2005-yilda tuğilgan D.X. va uning şeriklari fuqarolarga qönğiroq qilib, ularni göyoki aksiya ğolibi bölganiga işontirgan.

Söng «sovğa uçun tölov» fuqaroga ajratilgan kredit yoki mikroqarz limiti hisobidan vaqtinça yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlariga ötkazilişi kerakligini aytgan. Buning evaziga aksiyada yutilgan maişiy texnika keyinroq yetkazib berilişini vaʼda qilişgan.

33
Foto: Toşkent viloyati IIBB

Guruh aʼzolari savdo platformasida özlarini mahsulot yetkazib beruvçi sifatida ham röyxatdan ötkazgan. Mahsulotini talab qilgan yoki şikoyat qilişini bildirgan ayrim xaridorlarga juda arzon, sifatsiz yoxud buyurtmaga mos kelmaydigan tovarlar yuborilgan.

IIBBga köra, şu tariqa fuqarolarning eʼtibori çalğib, ularga ajratilgan kredit yoki mikroqarz limitlari töliq özlaştirilgan. Mablağlar ötkazilganidan keyin esa köp hollarda jabrlanuvçilar bilan aloqa uzilgan.

Tekşiruvlarda noqonuniy markazda beş nafar operator işlagani aniqlangan. Ular ijtimoiy tarmoqlardagi soxta onlayn dökonlar nomidan yuzlab fuqarolarga qönğiroq qilgan.

Tezkor tadbir davomida 10 ta kompyuter jamlanmasi, sakkizta mobil telefon, fuqarolarning şaxsga doir maʼlumotlari va Uzum Nasiya orqali ajratilgan limitlar jadvallaridan iborat 150 varaq hujjat hamda ikkita daftar aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.

Hozirda guruh aʼzolarining boşqa hududlardagi şunday holatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda. Yetkazilgan zarar miqdorini aniqlaş va uni qoplaş yuzasidan dastlabki tergov hamda tezkor-suriştiruv harakatlari davom etmoqda.

IIBB firibgarlik holatlaridan jabrlangan fuqarolarni yaqin hududdagi içki işlar organiga yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilişga çaqirgan:

+998 71 762-21-35;