Oʻzbekiston Markaziy banki iyul oyida qariyb 1 tonna oltin sotgan boʻlishiga qaramay, dunyodagi eng yirik oltin xaridorlari qatorida qolyapti. Bu haqda  Jahon oltin kengashi (WGC) maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, iyul oyida sof xaridlar 23 tonnani tashkil qildi. Oy davomida eng koʻp oltin sotib olgan davlatlar Xitoy (20 tonna) va Polsha (8 tonna) boʻldi.

Eng koʻp oltin sotganlar - Rossiya (6 tonna) Turkiya (1 tonna), Iordaniya (1 tonna) va Oʻzbekiston (1 tonna).

Umuman olganda, 2026-yilning dastlabki yetti oyi yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston dunyodagi eng yirik oltin xaridorlaridan biri boʻlib turibdi. Markaziy bankning yil boshidan buyon sof xaridlari 40 tonnadan oshadi. Shuningdek, bu davrda Polsha 90 tonna, Xitoy 60 tonna, Qozogʻiston esa 29 tonna qimmatbaho metall xaridini amalga oshirgan. Eng koʻp sotuvlar Turkiya, Rossiya va Ozarbayjon tomonidan amalga oshirilgan.