Xöjandda ötgan ikkinçi Farğona tinçlik forumida Özbekiston, Qirğiziston va Tojikistonning yuqori darajadagi vakillari, xalqaro taşkilotlar hamda öndan ortiq davlat delegatsiyalari qatnaşdi. Kun.uz muxbiri 28-29 sentabr kunlari forumni Xöjanddan yoritdi. Unda hududlararo hamkorlik, özaro işonç, suv va energetika masalalari hamda Xöjand deklaratsiyasining amaliy ahamiyati muhokama qilindi.

Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning taʼkidlaşiça, Xöjand şahrida ötkazilayotgan Farğona tinçlik forumining ikkinçi yiğilişi Özbekiston, Tojikiston va Qirğizistonning çegaraoldi hududlari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş uçun muhim maydonga aylangan. Uning sözlariga köra, forum doirasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va maʼrifiy yönalişlarda hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, hududlar örtasidagi döstona aloqalarni yanada mustahkamlaş masalalariga eʼtibor qaratilmoqda.

photo_2026-09-28_15-20-27
Foto: Kun.uz

Bozorov forumni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov tomonidan imzolangan abadiy döstlik töğrisidagi şartnomaning amaliy ifodalaridan biri sifatida baholadi. “Eng asosiysi, bizga huquqiy maydon yaratib berilgan. Hududlararo kengaş prezidentlarimiz taşabbusi bilan taşkil etilgan”, - dedi Farğona viloyati hokimi.

photo_2026-09-28_15-20-31
Foto: Kun.uz

Uning qayd etişiça, mazkur kengaş Özbekistonning çegaraoldi hududlari, Qirğizistonning Botken viloyati hamda Tojikistonning Söğd viloyati örtasidagi doimiy amaliy muloqot mexanizmiga aylangan. “Şuning uçun biz deyarli har kuni aloqadamiz. Qandaydir masala bölsa, özaro telefon orqali muloqot qilamiz yoki muayyan masalani çegarada uçraşib, joyida hal qiliş imkoniga egamiz”, - dedi Xayrullo Bozorov. Hokimning fikriça, hududlararo kengaş va şu kabi muloqot maydonlari uç davlatning çegaraoldi viloyatlari örtasidagi amaliy hamkorlikni muntazam davom ettiriş uçun imkoniyat yaratmoqda.

photo_2026-09-28_15-21-02
Foto: Kun.uz