Hafta davomida kutilayotgan ob-havo bilan iqlimshunos Erkin Abdulahatov tanishtiradi.
Qishloq xoʻjaligiga taʼsir. Hafta boshidagi keskin sovish, ayniqsa shimol, Qizilqum va togʻoldi hududlarida sovuq urishi xavfini oshiradi. Bu issiqsevar ekinlar, kech pishar mahsulotlar va mevazorlarga taʼsir qilishi mumkin. Dushanba kungi yogʻingarchilik tuproq namligini oshirsa-da, kuchli yogʻinlar dala ishlarini qiyinlashtiradi. 7-oktabrdan haroratning koʻtarilishi qishloq xoʻjaligi ishlari uchun sharoitni yaxshilaydi.
Salomatlikka taʼsir. Sovuq, nam va bulutli ob-havo organizmning moslashuvini qiyinlashtirishi, ayniqsa yurak-qon tomir va nafas yoʻllari kasalliklari bor kishilarga taʼsir qilishi mumkin. 6-oktabr kungi tuman koʻrish masofasini qisqartirib, transport harakatiga taʼsir koʻrsatishi ehtimoli bor. Shamolning susayishi Toshkent va vodiyda havo sifatining vaqtincha yomonlashishiga sharoit yaratishi mumkin.
Tavsiya: hafta boshida issiqroq kiyinish, tumanli paytlarda ehtiyotkor boʻlish va surunkali kasalliklari bor kishilar harorat oʻzgarishiga eʼtibor qaratishlari lozim.






