BBC Ukraina xizmatining Ukraina qurolli kuçlari qömondonligi orasidagi manbalari bu tendensiyani tasdiqlamoqda. Şu bilan birga, ular hozirda Rossiya qöşinlarining asosiy taktikasi «infiltratsiya» ekanini qayd etgan. Bu ikki-uç, baʼzida tört-beş nafar jangçidan iborat alohida guruhlar Ukraina pozitsiyalari ortiga ötişi, biror bino yoki boşpanaga yaşirinça joylaşişi va biroz ötgaç, dron kamerasi qarşisida Rossiya bayroğini kötargan holda köriniş berişini nazarda tutadi.

Şunday kadr olinganidan keyin Rossiya mudofaa vazirligi mazkur aholi manzilini «bosib olingan hududlar» röyxatiga kiritadi – holbuki, Ukraina qidiruv-zarbdor guruhlari bu hududga kirib olgan kam sonli duşman harbiylarini tezda yöq qiladi.

Kiçik şturm guruhlari doim ham belgilangan manzilga yetib kela olmaydi. Bunday holatlarda rus harbiylari soxtalaştirişga murojaat qilmoqda. Ular sunʼiy intellekt yordamida öz jangçilarini göyoki egallab olingan qişloq yoki şaharda turgan holatini «çizadi».

photo_2026-09-20_16-15-58
Sunʼiy intellekt yordamida Svyatogorsk foniga «qöyilgan» rus askari

«Şunda rossiyalik harbiylar front çiziğidan 7-10 km uzoqlikda joylaşgan qişloqlarni „olgani“ maʼlum böladi. Aslida esa bu qişloqlarning yaqiniga ham yölamagan bölişadi», – deydi BBC bilan suhbatda Sumi yönalişida xizmat qilayotgan ukrain harbiysi.

Rossiya qöşinlari «ilgarilagani» haqidagi bunday soxta xabarlar Donetsk, Xarkiv, Zaporijjya va Liman yönalişlaridan ham eʼlon qilingan. Rossiyalik askar Svyatogorsk aholi punktida «turgani» namoyiş etilgan video bunga yaqqol misol böla oladi. 1-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin uşbu şaharça bosib olinganini eʼlon qilgandi.

Kadrlarda sunʼiy intellekt belgilarini yaqqol köriş mumkin – yuzi niqoblangan askar Svyatogorsk köçalaridan biri aks etgan suratga montaj qilib qöşib qöyilgan.

Amerikaning Uruşlarni örganiş instituti (ISW) tahliliy markazi bu mavzuni örganib çiqdi va sönggi oylarda rossiyalik harbiylar va blogerlar tomonidan Rossiya armiyasining «muvaffaqiyatlari» haqidagi önlab videolar eʼlon qilinganini aniqladi.

ISW hisobotida nimalar deyilgan?

ISW mutaxassislari fikriça, bunday fotosuratlar va videolar Rossiya frontda taşabbusga ega degan taassurot uyğotiş va vaziyatni Ukraina mudofaa çiziği butun harbiy harakatlar maydoni böylab qulayotgandek körsatiş uçun tayyorlanmoqda.