Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryoga taşrifida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça yiğiliş ötkazmoqda.

Davlat rahbari yiğiliş iştirokçilarini Özbek tili bayrami bilan tabriklab, Qaşqadaryo farzandi, Özbekiston Qahramoni va davlat madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovni yodga oldi.

Bir neça yil avval eng murakkab vaziyatdagi hududlardan biri bölgan Qaşqadaryoni yil yakuniga qadar kambağallik va işsizlikdan xoli hududga aylantiriş maqsad qilingan. Şavkat Mirziyoyev bu natijaga erişiş uçun aniq hisob-kitoblar mavjudligini qayd etdi.

“Keça viloyatning şahar va tumanlarida, mahallalarida bölgan özgarişlarni körib, tadbirkor, investor, yoşlarning közlaridagi şijoatni körib, juda katta kuç oldim”,– dedi prezident.

Davlat rahbari “Sultonteks” klasteri rahbari Nurbek Ergaşevning energiya va suvni tejaydigan zamonaviy korxonasi faoliyati bilan tanişganini aytdi. Tadbirkorning 2028-yilgaça yana 30 ming kişini iş bilan taʼminlaş, ayniqsa, ayollar uçun köproq imkoniyat yaratiş rejalari qöllab-quvvatlandi.

Şavkat Mirziyoyev Nurbek Ergaşevga “Özbekistonda xizmat körsatgan tadbirkor” faxriy unvonini beriş töğrisidagi farmonga imzo qöyganini bildirdi.

Qamaşi tumanidagi Çim mahallasida sulolaviy limonçilik maktabini yaratib, aholi daromadini oşirişga hissa qöşayotgan Abdumannop Xudoyberdievga ham “Özbekistonda xizmat körsatgan qişloq xöjaligi xodimi” unvoni beriladi.

Qaşqadaryoda maʼrifatni tarğib etayotgan “Mutolaa” loyihasining boş muharriri Javlon Jovlievning mehnati ham eʼtirof etildi. Unga, şuningdek, “Yoş kitobxon oila” respublika tanlovi ğoliblari Baxtişod Raşidov va Eʼzoza Xuşvaqtovaga Toşkent şahridan ikki xonali yangi xonadonlar sovğa qilinişi aytildi.