Oy boşida yomğir va salqin havo kutilmoqda
1-oktabr kuni respublikaning markaziy va şarqiy viloyatlariga nam va nisbatan salqin havo kirib kelişi davom etadi. Uşbu hududlarning ayrim joylarida yomğir yoğadi. Eng jadal yoğingarçilik toğoldi va toğli hududlarda kuzatilişi, baland toğlarda esa yomğir qorga aylanişi mumkin.
2–4-oktabr kunlari mamlakatning katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi, havo harorati kötarila boşlaydi.
Biroq 4-oktabrda şimoli-ğarbiy hududlarga sovuq va nam havoning yangi oqimi kirib keladi. 5–7-oktabr kunlari u asta-sekin respublikaning barça hududlariga tarqaladi.
Şimolda tungi harorat noldan pastga tuşişi mumkin
Haroratning özgarib turişi oy oxirigaça davom etişi kutilmoqda. Iliq davrlarda havo keçasi 10–13 daraja, kunduzi 25–28 daraja iliqqaça kötariladi.
Sovuq havo oqimlari kirib kelganda harorat keçasi 3–8 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliqqaça pasayişi mumkin.
Şimoliy hududlarda salqinlaşiş sezilarliroq böladi: tungi harorat 0–2 daraja sovuqqaça, kunduzgi harorat esa 10–15 daraja iliqqaça tuşişi kutilmoqda.
Qaysi hududlarda yoğin köproq böladi?
Oktabrda yoğingarçilik hududlar va vaqt böyiça notekis taqsimlanişi mumkin. Respublika şimolida yoğin miqdori iqlimiy meyordan kam, markaziy va janubi-şarqiy hududlarda esa meyor atrofida bölişi taxmin qilinmoqda.
Şu bilan birga, Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida, şuningdek, Farğona vodiysi viloyatlarining ayrim tumanlarida yoğingarçilik meyordan köp bölişi ehtimoli bor.
Oktabr odatda qanday keçadi?
Özgidrometning köp yillik kuzatuvlariga köra, oktabrda örtaça oylik harorat sentabrga nisbatan 6–7 daraja, şimoliy hududlarda esa 8–9 daraja past böladi. Oyning ikkinçi yarmida, şimolda esa ertaroq dastlabki kuzgi sovuqlar kuzatilişi mumkin.
Iqlimiy meyor böyiça oktabrda odatda 4–6 kun, toğlarga yaqin hududlarda 7–9 kun, eng çekka janubiy hududlarda esa 1–3 kun yomğir yoğadi.











