Zamonaviy texnologiyalar hayotimizga borgan sari çuqurroq kirib kelyapti. Hatto boğça yoşidagi bolalar ham gadjetlardan bemalol foydalana olişyapti.

Ammo, zukko bolalarning texnologiyaga qiziqişlarini hamma ota-onalar ham töğri yönaltira olyapti, deya olmaymiz. Vaholanki, bolalarning bu qiziqişlari rivojlantirilsa, ulardan kelgusida kreativ aql egalari, ixtiroçilar yetişib çiqişi heç gap emas.

Şu örinda, sönggi yillarda Özbekistonda bolalarning robototexnikani örganişiga imkoniyatlar paydo böla boşlagani kişini quvontiradi.

Biz Toşkentda joylaşgan, bolalarga robototexnika öqitişga ixtisoslaşgan «OPTIMAL TA'LIM» öquv markazining yoş öqituvçilari – Bekzod Abdurahmonov va Surayyo Jabborova bilan suhbatda bölib, köpçilik ota-onalarni qiziqtirişi mumkin bölgan savollarga javob oldik.

– Umuman, robototexnika özi nima va u bolalarga nima beradi?

– Robototexnika – bu robotlar va ularni boşqariş, sensorli aloqa, axborotni qayta işlaş uçun kompyuter tizimlarini loyihalaş, quriş, işlatiş va ulardan foydalaniş bilan şuğullanadigan texnologiyalar sohasi.

Robototexnikani örganişning ta'siri bolalarda quyidagilarda namoyon böladi:

  • e'tiborni va xotirani kuçaytiradi;
  • mantiqiy va matematik fikrlaşni rivojlantiradi;
  • badiiy, dizayn jihatdan fikrlaşni yaxşilaydi;
  • öziga işonçni kuçaytiradi;
  • jamoada va mustaqil ravişda işlaşni örganadi;
  • bolalarning aniq fanlarni özlaştirişi osonlaşadi;
  • IT-sohasiga oid fundamental bilimlarni özlaştiradi;
  • qaror qabul qiliş va mas'uliyat könikmasi şakllanadi;

Umuman, robototexnikani örgangan bola istiqbolli va rivojlanayotgan sohaga dastlabki qadamini qöygan böladi.

– «OPTIMAL TA'LIM» öquv markazi nima uçun ta'lim dasturlarida bu yönalişga keng örin ajratgan?

– «OPTIMAL TA'LIM»da robototexnika kursi italyan metodi asosida, tajribali mentorlar tomonidan olib boriladi. Darslar ingliz, özbek va rus tillarida ötiladi va faqat natija uçun işlanadi. Öquvçilarning natijasi bu – bizning yuzimiz.